Özbekiston musulmonlari idorasi rahbari muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Makkada muqaddas Ka’bai muazzama oldida turib diyorimizda, xususan, Qoraqalpoğistonda tinçlik bölişini tilab duo qildi. Bu haqdagi video taşkilot Telegram-kanalida e’lon qilindi.
«Yurtimizdan 12 ming nafar hojilar ziyoratga keldilar. Bu ziyoratlar, qilinajak duolar yurtimizga fayz olib keladi. Qoraqalpoğistonda bölayotgan voqealar bizni xavotirga soldi, befarq bölolmadik. Çunki biz bir elmiz, oramizni ayirişlariga yöl qöymasligimiz kerak.
Bugun Ka’ba oldida şu yurt, şu xalq uçun duo qilgani keldik. Keling, azizlar, yurtimiz haqqiga duo qilaylik. Ka’ba oldida qilingan duo ijobatdir», degan muftiy hazrat.












