Qurolsiz murosa
Qoraqalpoğistonda sodir bölgan tartibsizliklar qisqa muddat davom etgan bölsa-da höl-u quruq baravar yonib ketdi va vaziyat davlat rahbarining bevosita aralaşuvi bilangina izga tuşirildi. Albatta, bu masalada qat’iyat suv va havodek zarur edi, yöqsa notinçlik quloç yoyib ketişi yaqqol körinib turgandi. Şunday bölsa-da, ommaviy qurol işlatişga yöl qöyilmadi, Özbekiston tarixida qirğin aks etgan sahifa paydo bölişining oldi olindi. Ya’ni jahl örniga bosiqlik, şoşqaloqlik örniga soğlom fikr, ziddiyat örniga muloqot tanlandi.
Şubhasiz, Özbekiston öz salohiyati bilan, boşqa «xayrixoh»larning kömagi va «oltinga teng» maslahatlarisiz bu muammoni hal qilişga qodir davlat va şunday bölib qoladi. Bugun jilovlangan vaziyat ertaga hammasi avvalgidek bölişiga xizmat qiladi.
Muammo ildizi
Qoraqalpoğiston murakkab hudud ekanligi, aholining turmuş darajasi nisbatan pastligi, ekologiya, işsizlik kabi muammolar depressiv kayfiyat tuğdirganiga uzoq vaqt köz yumib kelingandi. Yaqin tariximizda televideniye Qoraqalpoğiston deganda rangdor liboslarda milliy raqsga tuşayotganlar, turli festivallar, Orolni qutqarişga oid balandparvoz tadbirlarni namoyiş qildi. Mukofotlar, orden-medallar ulaşilganda norasmiy limitga köra Qoraqalpoğiston uluşi ajratib kelindi, ammo ularni jilmayib qabul qilib olganlar mamnuniyati çangli havodan tirişgan yuzlarda aks etmadi.
Ayollar, bolalar soğligi ortga ketdi, aksariyat erkaklar içkilikdan panoh izlaşdi, iqtidorli yoşlar öz taqdirini hudud bilan boğlamay qöyişdi. Işlab çiqariş degan tuşunça faqat tabiiy boyliklarni qazib oliş va sotiş deb tuşunildi, hududiy birlik dotatsiyadan çiqolmay qoldi.
Yeçim qayerda?
Sönggi yillarda bu muammolarning borligi, vaqt va imkoniyat boy berilgani tan olinganligi öziga xos dastlabki yutuq böldi. Prezident Qoraqalpoğistonga boşqa hududlarga nisbatan köproq bordi, eng uzoq tumanlarigaça kezişga erinmadi, içki qarşiliklarga qaramay ajratilgan mablağ miqdorini karrasiga oşirdi.
Qoraqalpoğistonning har bir şahar va tumani rivojlanişiga kömak maqsadida yetakçi viloyatlarga biriktirib berildi. Jumladan, Nukus Toşkentga, Möynoq Toşkent viloyatiga, Kegeyli Andijonga. Bu qator loyihalarning amalga oşişi bilan birga hududlararo aloqalarni yaxşiladi, birdamlikka xizmat qildi.
Qoraqalpoğistonda yangi tumanlar taşkil qilindi, ularning infratuzilmasi yaratildi. Bu harakatlar öz mevasini berişi uçun vaqt, barçaning hamjihatligi, vijdonan işlaşi talab qilinardi. Ya’ni faqat sabr va harakat bilangina maqsadga erişiladi, betoqatlik va töpolon bilan emas.













