Qoraqalpoğistonda sodir bölgan voqealar barçani birdek qayğuga soldi. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan feyk xabarlarni odamlar haqiqat sifatida qabul qilişi xavotirni yanada oşirdi. Aslida, bu voqealar ortida bir guruh ğalamislar turganiga yetarliça dalillar bor edi.
Tekşirib körilmagan axborotga işoniş va unga kör-körona ergaşiş doim halokatli bölgan. Nukusdagi voqealarni «olovlantiriş»da ana şunday yolğon axborotlar «maydonga taşlandi». Buning ortida ma’lum bir guruh işlaganini esa kimdir sezdi, kimdir sezmadi.
Masalan, ijtimoiy tarmoqlarning birida Qoraqalpoğistonning pul birligi e’lon qilindi. Buni kim yasadi, qaçon yasaşga ulgurdi, degan savol heç kimni öylantirmadi. Yoki öşa guruhda tarqatilgan videoda Qoraqalpoğistonning yangi madhiyasini ham uçratiş mumkin. Bunday ğoyalar bir kunda va oddiy xalqda tuğilmasligi, alohida tayyorgarlik va vaqt talab qilişi barçaga ma’lum. Bu barçasiga oldindan tayyorgarlik körilganini körsatadi.

Şuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ikki millat orasiga sovuqçilik tuşiriş maqsadida tinmay millatçilik ruhidagi qarama-qarşi fikrlar yozildi. Uşbu fikrlarni yozayotganlarning aksariyati noaniq profilda, kimligi noma’lum. Facebook va Telegram tarmoqlaridagi şunaqa provokatsion fikrlar taqqoslab körilsa, ma’no-mazmuni va söz işlatişidan ularni ma’lum bir guruh yozayotganini tuşuniş mumkin edi. Ya’ni özbekçasini ham, qoraqalpoqçasini ham. Bu oddiy odamlarni uşbu girdobga tortiş va ularda millatçilik ruhini uyğotiş uçun qilingan xiyla ekanini köpçilik sezmadi. Oqibatda, bu girdobga tuşib qolganlar ham böldi.
Prezident Qoraqalpoğistonga yetib bordi, xalq bilan uçraşdi, ularning talabi bajarildi. Ammo köçada töplanişlar davom etdi, tinçlikni saqlaş uçun borgan harbiylarga hujum qiliş holatlari uçradi. Bu jihat ham köp narsani «gapiradi» aslida. Ayni vaqtga kelib, ahvol yaxşilandi, vaziyat töliq nazoratga olingan.
Tekşirilmagan axborotlarda goh yaşirin, goh oşkora undovlar hamon davom etayotgan bölişi mumkin. Atrofdagi xabarlar töğri tahlil qilinmas, uning ortida nima va kimlar turgani tuşunilmas ekan, xavf saqlanib qolaveradi. Ura, deganga qöşilib ketaveriş qahramonlik emas.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri













