Çikago rasmiylari şahar çekkasidagi Haylend-parkda Mustaqillik kuni munosabati bilan taşkil etilgan paradda öt oçilişi oqibatida olti kişi halok bölib, 30 dan ortiq kişi yarador bölganini xabar qildi. Voqea joyida vintovka topilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, jinoyatçi tomdan turib odamlarni öqqa tutgan. Politsiya xabar qilişiça, u narvon orqali turizm uçun mahsulotlar sotiladigan dökon tomiga çiqqan va odamlarga qarata öt oçgan.

U tezda voqea joyidan yaşiringan. Biroz vaqt ötib politsiya uning şaxsini aniqlagan: bu 22 yoşli Robert Kraymo III bölgan.

Politsiyaning hisoblaşiça, u yolğiz harakat qilgan. Miltiq hujum joyida taşlab ketilganiga qaramay, unda hamon qurol borligi va xavfli ekani aytilgan.

Hujum motivlari haqida heç qanday xabar yöq.

Haylend-park politsiyasi şefi Kris ÖNilning sözlariga köra, guvohlar gumondor oq tanli va oq yoki havorang futbolkada bölganini xabar qilişgan.

«Huquq-tartibot organlari jinoyatçini qidiriş bilan band, jinoyat joyida öqotar qurol topilgan. Köp sonli politsiya xodimlari voqea joyiga yetib kelişgan va Haylend-park atrofi örab olingan», deyiladi Haylend-park rasmiy saytida.

Köp ötmay uni qidiriş işlari muvaffaqiyatli yakunlangan. CNN telekompaniyasi xabar qilişiça, politsiyaçilardan biri Kraymoni avtomobil rulida körib qolgan va uni töxtatişga uringan. Gumonlanuvçi böysunmagan, ammo tez orada uni quvib yetib, qölga olişgan.

«U yana öt oça boşladi»
Parad boşlanişidan ön daqiqa ötib öq ovozlari eşitilgan va bayram töxtagan. «Men birin-ketin çiqqan 20-25 öq ovozini eşitdim, bu töpponça emas, miltiqdan otilayotgandi», deya hikoya qiladi Chicago Sun-Times naşriga mahalliy aholi vakili Maylz Zaremski.

«U biroz tanaffusdan keyin biz tomonga yana öt oçdi va bir ayol yerga quladi», deydi WGN kanaliga voqeaning boşqa bir guvohi Maykl.

Otişma bir neça daqiqa davom etgan. Paradga kelganlardan biri, 39 yoşli Aleksander Sandovalning aytişiça, otişma boşlanganida beş yoşli öğlini kötarib binolardan birining içiga kirib yaşirinişga uringan, ammo bunga muvaffaq bölmagan; şundan keyin u tor köça tomon çopgan va öğlini çiqindi idişi içiga taşlagan. Uning rafiqasi va qizi «Makdonalds» restoraniga yaşiringan.