Navoiy viloyati adliya boşqarmasi bölim boşliği Eldor Bahodirovning Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2022 yilning 1 iyul holatiga viloyatda aholi va tadbirkorlarga 165 mingdan ortiq davlat xizmati körsatilgan. Şundan 7 075 ta holatda murojaatçilar huquqi buzilgan.

Xususan, “Öztransgaz” AJ 3 108 ta, “Özsuvta’minot” AJ 2 205 ta, soliq organlari 634 ta holatda qonunbuzilişiga yöl qöygan. Şuningdek, davlat kadastr idorasi 363 ta, quriliş va arxitektura tizimi 93 ta, tijorat banklari 71 ta, iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimlari 225 ta hamda tuman hokimliklari 51 ta holatda murojaatlarga muddatida javob qaytarmagan yoki asossiz rad javobini berişgan.

Navoiy viloyat quriliş boş boşqarmasi va uning tuman (şahar) bölimlari örganilganida, arxitektura-rejalaştiriş topşiriğini işlab çiqiş böyiça davlat xizmati körsatilişida 22 ta va obektni qayta ixtisoslaştiriş va rekonstruksiya qiliş uçun ruxsatnoma berişda 19 ta holatda qonunbuzilişiga yöl qöyilganligi aniqlangan.

Uşbu holatlar yuzasidan viloyat adliya boşqarmasi tomonidan vakolatli organlarga 48 ta taqdimnoma kiritilgan, 51 nafar mansabdor şaxs intizomiy javobgarlikka, 9 holatda esa javobgar şaxslar ma’muriy jarimaga tortilgan.