Navoiyda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatishda eng ko‘p qonun buzayotgan idoralar ochiqlandi
2022 yilning yanvar-may oylarida Navoiy viloyatida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatishda “O‘ztransgaz” AJ 3 103 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yib, mazkur ro‘yxatda “yetakchi” bo‘lgan. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ko‘rilayotgan choralarga qaramay vakolatli idoralar tomonidan mazkur yo‘nalishda qonunbuzilish holatlari sodir etilmoqda. Xususan, o‘tgan 5 oyda “O‘zsuvta’minot” AJ tizimidagi korxonalar 2 194 ta murojaatda qoidabuzarlik sodir etgan. Soliq organlari 634 ta, davlat kadastr idorasi 287 ta, qurilish va arxitektura 84 ta, tijorat banklari 71 holatda murojaatlarga muddatida javob qaytarmagan yoki asossiz rad javobini bergan.
Vakolatli idoralar e’tiborsizligi bois aholiga davlat xizmati ko‘rsatishda jami 6 913 ta murojaatda fuqarolar huquqi buzilgan. Ushbu holatlar yuzasidan tashkilotlarga 35 ta taqdimnoma kiritilib, 9 holatda javobgar shaxslar ma’muriy jarimaga tortilgan.
Oldinroq Navoiyda 2021 yilda hokimliklar davlat xizmatlari ko‘rsatilishida 135 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘ygani ma’lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindiston Pokiston samolyotlari uchun havo makonini yopdi
Jahon | 01:55
-
YeChL. "Barselona" ikki marta kambek qilib, "Inter"ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
Sport | 01:53
-
Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Fan-texnika | 01:40
-
NATO razvedkasi: Rossiya armiyasiga har oy 30-40 ming kishi yollanmoqda
Jahon | 01:15
Mavzuga oid

16:51 / 02.04.2025
Navoiyda 10-sinf o‘quvchisi talabalikni naqd qildi. U 11-sinfni o‘qimasa bo‘ladimi?

12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi

15:34 / 28.02.2025
O‘zbekistonda fanga noma’lum 2 qo‘ng‘iz turi kashf qilindi

18:13 / 13.02.2025