Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Norvegiyada neft va gaz qazuvchilar ish tashladi
Ishchilarning asosiy talabi – oylik maoshlarni inflatsiya darajasiga muvofiq ravishda oshirish.
Norvegiyada bir nechta neft va gaz qazib oluvchi korxonalar xodimlari oylik maoshlari kamligidan norozi bo‘lib ish tashlash e’lon qildi. Xabar qilinishicha, Gudrun, Oseberg Süd va Oseberg Ost konlarida ish to‘xtatilgan, ularga yana to‘rtta kon ishchilari qo‘shilishi mumkin.
Norvegiyaning Equinor energetika kompaniyasi hisob-kitobiga ko‘ra, agarda ish tashlash boshqa konlarga ham yoyiladigan bo‘lsa, mamlakatda gaz qazib olish hajmi 25, neft qazib olish hajmi 15 foizga qisqarishi mumkin.
Ishchilarning asosiy talabi – oylik maoshlarni inflatsiya darajasiga muvofiq ravishda oshirish.
Norvegiya neft ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropada Rossiyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
08:30 / 15.06.2026
Dengiz o‘rtasidagi shaharlar: dunyodagi eng yirik neft platformalari
08:16 / 09.06.2026
Norvegiya dunyodagi eng chuqur suvosti tunnelini qurmoqda
08:50 / 01.06.2026
YeI Rossiya neftiga nisbatan yangi sanksiyalarni tayyorlamoqda
16:36 / 29.05.2026