Parij klubini yangi mavsumdan boşlab Kristof Galte boşqaradigan böldi. Parijliklar yangi boş murabbiyni «Park de Prens» stadionida taniştirişdi. Fransiyalik 55 yoşli mutaxassis bilan 2 yillik şartnoma imzolandi.
«Jamoamizning yangi boş murabbiyi Kristof Galteni sizga taniştirişdan mamnunman. Bugundan yangi maqsad hamda vazifalar bilan jamoamizda yangi era boşlanmoqda. Biz bu murabbiyning «Sent-Eten», «Lill» va «Nitssa»dagi faoliyatini kuzatib, jamoamizga taklif etdik. Fransuz mutaxassisining klub loyihasiga qöşilganidan juda ham xursandmiz», - dedi «PSJ» prezidenti Nossir Al-Hilayfiy taqdimot marosimida.
Ma’lumot uçun, Parij klubi 4 öyindan beri Galte jamoalariga («Nitssa», avvalgisi «Lill») gol ura olmayapti.
Avvalroq, parijliklar Maurisio Poçettinoni iste’foga çiqargandi. Argentinalik mutaxassis bir yarim yil davomida klubda faoliyat yuritdi.












