Uç kun oldin Kriştianu Ronaldu «Mançester Yunayted» rahbariyatiga agar qoniqarli takliflar tuşadigan bölsa, klubni tark etiş niyatida ekanini ma’lum qildi.
Foto: Global Look PressFoto: Global Look Press
Bu xabar şunçaki navbatdagi miş-miş sifatida qolişi uçun futbolçi joriy hafta boşidan Karringtonga kelişi va jamoa maşğulotlarida qatnaşişni boşlaşi kifoya edi. Ammo Ronalduning «oilaviy sabablar» tufayli Portugaliyada qolayotgani va ikkinçi kundirki, maşğulotlarga qöşilmayotgani vaziyat tamomila jiddiy ekanini körsatmoqda.
Iyun oyi oxirida ham Ronaldu özini «Bavariya»ga taklif qilib körgani, uning agenti Mendeş «Çelsi» va «Barselona» rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Xöş, Ronaldu nega ketmoqçi?
Angliyaning maşhur The Athletic naşri ham uşbu masala yuzasidan şu kungaça çiqqan işonçli ma’lumotlar asosida vaziyatni tahlil qilişga urinib kördi. Xöş, Ronaldu nega ketmoqçi?
Hammasi tuşunarli. Şubhasiz, Ronaldu «Mançester Yunayted»ni yaxşi köradi, klub bilan boğliq yorqin xotiralarga ega. Ammo agar ikkinçi yil ham jamoada qoladigan bölsa, Çempionlar Ligasida töp sura olmaydi. Agar u qolsa öz faoliyatida ilk bor YeÇLda öynamasligiga töğri keladi. Kriştianu şu paytgaça 5 marta uşbu turnirda ğolib çiqqan va bu borada Yevropadagi eng yaxşi körsatkiçga ega edi. Ammo «Real»dagi bir qator sobiq jamoadoşlari ham beşinçi marta sovrindor bölgaç, tabiiyki, 37 yoşli futbolçi yana bir bor uşbu kubokni boşi uzra kötarişni, heç bölmasa, kuraşişni istaydi.
Yaqin yillarda öz faoliyatini yakunlaydigan Ronaldu imkon qadar köproq sovrinlarni yutişni istaydi, «Yunayted» esa, ötgan mavsumda biror turnirda ğalaba uçun jiddiy kuraş olib bora olmadi. Erik ten Hagning Mançesterga kelişi futbolçida ijobiy kayfiyat va işonç uyğotgani şubhasiz, ammo klub transfer bozorida faol emasligi va bir qator maqsadlar hali ham rasman hal etilmagani uning fikrini özgartirib yuborgani aytilmoqda.
«Mançester Siti» Holand bilan, «Liverpul» esa Nunez bilan rasman şartnoma qilib ulgurdi. «Tottenhem» bu yoz öta faol va Kontening barça istaklari bajo keltirilmoqda. Şusiz ham raqobatçilardan ança ortda poygani boşlaydigan «Mançester Yunayted» bir qator top-futbolçilarga muhtoj ekanini Ronaldu aytib kelmoqda. Klub Frenki de Yong borasida bir oydan beri siljişga erişa olmayapti. APLdagi raqiblar yanada kuçayayotgan, Çempionlar Ligasi esa, kamida bir yilga keçikkan palla özini dunyoning eng yaxşi futbolçisi deb hisoblaydigan Ronaldu uçun jozibador körinmayapti.
Klub Ronalduni sotişni istaydimi?
Yöq. «Yunayted»ning Ronaldu böyiça qarori – u sotilmaydi. Şartnoma böyiça yana bir yil öynaşi kerak. Yangi murabbiy Erik ten Hag Ronaldu bilan işlaş niyatida ekanini aytgan va öz navbatida Ronalduning özi ham niderlandiyalik murabbiy haqida iliq fikrlar bildirgan.
Mavzuga oid
«Men Erikning «Ayaks»da fantastik natijalar qayd etganini bilaman. U tajribali mutaxassis va unga yetarli vaqt beriş lozim. Şundagina, hammasi u aytganidek, yaxşi tomonga özgaradi», – degandi öz intervyularidan birida portugaliyalik hujumçi.
Şuningdek, Ronalduni sotiş fikri klub uçun yangilik emasligi va balki aynan şu ğoya tarafdorlari bölişi mumkinligini ham ta’kidlaş kerak. Birinçidan, ma’lum bölişiça, Ralf Rangnik qişdayoq Ronalduni sotib, örniga yoşroq hujumçi oliş kerakligini bir neça marta söragan, ammo bu istak e’tiborsiz qoldirilgan. Ikkinçidan, Erik ten Hagning kelişi, uning uslubi Ronalduga mos kelmasligi mumkinligi ham köp aytilgandi, hatto niderlandiyalik mutaxassis ilk intervyularida Ronaldu bilan işlaşdan xursandligini aytganida, köpçilik hayron ham qolgandi.
Yangi qurilayotgan jamoada Ronalduning borligi bir tomondan, albatta, foydali, lekin agar hammasi kutilmagandek ketsa, öz egosini doim yuqori qöyib kelgan yulduzni boşqariş yanada qiyinlaşib ketişi mumkinligini ham inobatga oliş lozim. Bundan taşqari, APLda eng katta maoş oladigan futbolçining ketişi moliyaviy tomondan ham klubga foydali böladi.
Tabiiyki, bu yönalişdagi fikrlar ham klub içkarisida muhokama qilingan, ammo muxlislar bilan sönggi yillardagi ziddiyatlar, Erik ten Hagning xohişi tufayli, Ronalduni sotiş ğoyasi heç qaçon klub tomonidan yangramaydi. Mabodo yakunda Kriştianu öziga boşqa klub topadigan bölsa-da, bu transferdan klub oppoq bölib çiqib, barça «ayb» futbolçiga tönkalişi tabiiy.
Ronalduning hozirgi harakatlari Fergyusonning «futbolçi klubdan katta bölmasligi kerak» degan an’anasiga zid ekanini aytayotganlar bor. Ammo vaziyatni çuqur bilmasdan turib, bunday katta gaplardan tiyiliş kerak. Ronaldu öz noroziligini qay tariqa ma’lum qilayotgani va klub-futbolçi munozaralarini töliq bilmaymiz.
Yodingizda bölsa, 2011 yilda Ueyn Runi ham klub top-futbolçilar olib kelmayotganini aytib, yangi şartnomani rad etgan va «Çelsi»ga ötib ketişni istagandi. Öşanda Aleks Fergyuson Ueynni tuşungan va yakunda futbolçi bilan gaplaşib, jamoada qolişga köndirgan, keyin Robin van Persi va Şinji Kagava kabi futbolçilar transfer qilingandi.
Ronalduni sotib olişni istaşadimi?
Qisman, ha. Töğri, Ronaldu özining eng yaxşi yillariga nisbatan pasaygan, ammo jarima maydonida harakat qilişda hozir ham öta xavfli ijroçi. Ötgan mavsumda u «Yunayted»ning eng yaxşi töpurari böldi, 37 yoşida 38 öyinda qatnaşib, 24 golga mualliflik qildi. Umuman, ötgan mavsumda APLda faqat Saloh va Son undan köproq gol ura oldi.
Şu bilan birga, Ronalduning hali ham jarohatlar çetlab ötayotganini ta’kidlaş kerak. Transfermarkt ma’lumotiga köra, futbolçi oxirgi ikki mavsumda turli kiçik jarohatlar tufayli atigi 19 kunni ötkazib yubordi, xolos.
Ronalduga qaysi klublar qiziqmoqda?
Ötgan oyda «Çelsi»ning yangi xöjayini Todd Bouli Jorjye Mendeş bilan uçraşgandi. Tomonlar örtasidagi munozaralarda Ronalduning «Çelsi»ga ötişi mumkinligi ham tilga olingan. Romelu Lukakuni «Inter»ga bir yillik ijara uçun qaytarib yuborgan «Çelsi» uşbu imkoniyatdan foydalanadimi, yöqmi, bunisi noma’lum.
Yetakçi hujumçisi Robert Levandovskini saqlab qolişga urinayotgan, ammo yakunda «Barselona»ga sotişga majbur bölib qolişi mumkin bölgan «Bavariya», aynan Levandovskini qölga kirita olmagaç, top-hujumçiga ehtiyoj sezişi mumkin bölgan «Barselona», şuningdek, Italiyaning «Napoli» klublari turli variantlar sifatida tilga olinmoqda.
Ronalduning «Yunayted»ga qaytişi oldidan «Mançester Siti» bilan muzokara olib borgan Mendeş, ayni öşa fokusni Barselona orqali ham amalga oşirayotgan bölişi mumkin. Ya’ni futbolçi va uning agenti «Real»ga qaytişga qarşi emas. Ammo öz navbatida «Qirollik klubi» Ronalduning kelişidan manfaatdor bölmasa kerak. Zero, ba’zi xabarlarga köra, madridliklar Krişning Vinisius, Rodrigo va Benzema kabi futbolçilarga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligidan xavotir olişgan.
Maurisio Poçettinoni iste’foga çiqargan «PSJ» ham yangi da’vogar sifatida paydo bölişi ehtimoli bor. Bu transfer haqiqatdan yiroq tuyulayotgan bölsa-da, tasavvur qiling, Qatardagi jahon çempionati oldidan Ronaldu va Messi juftligini maydonda namoyiş qiliş aynan «PSJ»ning çekiga tuşsa? Har qanday holatda Fransiya çempionatida baribir ğolib böladigan klub bugungaça Angliya, Italiya va Ispaniyada çempion bölib ulgurgan Ronaldu uçun ayni muddao.
Ronalduning ketişi «MYu»da muammo tuğdiradimi?
Albatta. The Athletic muxbiri Lori Uitvell aytganidek, Erik ten Hag öz jamoasida Ronaldu bölişiga tayyorlangan va öz taqdimotida buni markaziy omil sifatida olgan. Ronaldu ketadigan bölsa, şundoğam yangi transferlarni amalga oşirmayotgan «Mançester Yunayted»da tuşunmovçilik yuzaga keladi.
Foto: «MYu»da Erik ten Hag qöl ostida dastlabki maşğulot jarayonidan
Uitvellning aytişiça, «hujumkor futbolçilar ten Xagning transfer röyxatida keyingi örinlarda bölgan va agar Ronaldu ketadigan bölsa, içki imkoniyatlarni qidirişga töğri keladi. Uning ketişi balki Reşford va Sançoning ösişida ijobiy ta’sirini körsatar, ammo şunday bölsa-da, asosiy rejalari bölgan Holand va Nunezni qöldan çiqargan «Yunayted»ning yaqqol hujumçisiz qolişi öziga yaraşa muammo tuğdirişi mumkin».
Boşqa tarafdan qaralsa, ten Hag sönggi mavsumda «Ayaks»da Aller kabi yaqqol hujumçi bilan öynagan bölsa-da, köproq oldingi çiziqda faol universallar bilan ham muvaffaqiyat qozona oladi. Bu rolga tarkibda Reşford, Sanço, Marsiyal va Elanga bor. Ronalduning ketişi klubga taxminan 40 million yevro iqtisod qilişini (bir yillik maoş + transfer narxi) e’tiborga olsak, ten Hag özi orzu qilayotgan Antonini ham «Ayaks»dan olib kelişi mumkin.
(2019 yilda YeÇL yarimfinaliga çiqqan «Ayaks»ni eslasak, jamoa katta öyinlarda aldamçi töqqizlik sifatida Tadiç bilan harakat qilgan – töğri, yaqqol tayanç vakili Strotman bor edi, lekin «MYu» hozir Martines uçun ham kuraşayotganini e’tiborga olsak, u aslida tayanç yarimhimoyaçisi hisoblanadi va ten Hag markaziy himoyaçiga ehtiyoj borligi uçun uni himoyaga ötkazgan).
Ba’zida Portugaliya terma jamoasida, hatto «MYu»da ham bu rolda sinab körilgan Bruno Fernandeşni unutmaslik kerak. Kristian Eriksen va de Yong markazga keladigan bölsa, Brunoni biz öşa Tadiçning rolida körişimiz ham mumkin.
Oldingi çiziqda Bruno, Antoni, Sanço, Reşford, Marsiyal, markazda Eriksen, de Yong, Van de Bek, Maktominey, Fred, Martines... Deyarli ten Hag uçun jamoa.
Nazarimda, Ronalduning ketişi niderlandiyalik murabbiyga öz jamoasini quriş jarayonini tezlaştirib, osonlaştirib ham beradigandek. Albatta, buning uçun de Yong, Eriksen va Martines transferlari sodir bölişi kerak.
Yana bir jihat. Ronaldu agar Çempionlar Ligasida öynamoqçi ekan, nega bu fikrini aprel oyida emas, mavsumoldi yiğinlar boşlanayotgan muhim pallada aytmoqda? Hujumçi maqsadi haqida avvalroq bayon qilganda, klub transferlar uçun öz prioritetlarini boşqaça tarzda belgilab olişi va şu yönalişda iş olib borişi mumkin bölardi.
Ronalduni «Yunayted»ning transfer bozoridagi passivligi öylantirgan bölsa, hali darça yopilmadi va klub birdaniga bir neça variantlar ustida iş olib bormoqda.
Yakunda, şunday bölişi mumkinki, Ronaldu qatorasiga ikkinçi bor murabbiy rejalariga pand bermoqda. Esingizda bölsa, Ronalduning Mançesterga kelişi ötgan yozning oxirlariga töğri kelgan va Sulşer bu holatga moslaşa olmay, yakunda jamoa öyini inqirozga uçragandi. Çunki, masalan, Sançoning transferi, Marsiyalning qolişi va boşqa qarorlar olinganda Ronalduning kelişi mumkinligi közda tutilmagandi.