Mamlakatimizda, “Inson qadri uçun” ğoyasini amalda ta’minlaşga, davlatimizni yanada rivojlantiriş, davlat taşkilotlari va xalq örtasida özaro işonçga asoslangan samarali hamkorlik yaratiş, fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaşga qaratilgan Konstitutsiyaviy islohotlar muhokamasi jarayonida, Qoraqalpoğistonda röy bergan taşvişli voqealarni aholimiz xavotir va iztirob bilan qabul qildi.

Sodir bölgan voqealar va buzğunçilik harakatlarida ayrim yoşlar iştirok etişining asosiy sababi, bu jarayonda yolğon axborotlarni tarqatişning zamonaviy texnologiyalari, ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanilganidir. Ayrim siyosatçilar va mutaxassislar buni gibrid uruşi, ayrimlari axborot bilan ta’sir etiş, bir guruhi rangli inqilob degan nomlar bilan ataşadi. Nomlari turliça bölişiga qaramay, buzğunçi kuçlar aniq maqsadni közlab, aholi örtasida ğoyaviy qarama-qarşilikni, bir-biroviga nisbatan duşmanlik hissini keltirib çiqariş orqali jamiyatni parokanda qiliş, olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatiga bölgan işonçni susaytiriş, Özbekistonning hududiy yaxlitligiga putur yetkazişdan iboratligini kuzatdik.

Davlat rahbarining taşabbusi bilan Qoraqalpoğistonda katta işlar boşlangan, bu işlarning davom etişiga barça şaroitlar va imkoniyatlar bor, bu jarayonga tösqinlik qiladigan har qanday harakatlar uçun qonun doirasida javob beriladi. Lekin buzğunçilar va ularning taşkilotçilari Özbekiston davlatining bunday harakatlarga murosasizligini bilişsa ham, yangi şaroitda bir sinab körişga harakat qilişdi. Biroq bir narsada xato qilişdi, bizning davlat körganligimizni, bunday iğvogarlik va jinoyatçilikni tag-tomiri bilan yöqotişga kuçimiz va qurbimiz yetarli ekanligini hisobga olmaganlar. Şuningdek, ular Özbek va Qoraqalpoq xalqini ajratib bölmasligini, ular örtasiga heç qaçon raxna sola olmasliklarini bilişmagan va bu yaqqol körinib qoldi. Eng asosiysi, rahbariyat juda katta tezlikda tegişli çoralarni körib, davlat töntarişi uçun qilinayotgan harakatlarning qonun asosida oldini oldi. Muhimi, hamma davlatimizning har qanday şaroitda hududiy yaxlitlikni, barqarorlikni saqlaş qobiliyatiga ega ekanligini his qildi.

Bölayotgan voqealarga fikr bildiriş, öz mulohazalarini ilgari suriş tabiiy hol, lekin axloqiy jihatdan ham, professional jihatdan ham, quyidagi jihatga e’tibor beriş kerak, deb öylayman. Ya’ni ehtiroslarga berilmasdan, xalq, inson va davlat, milliy manfaatlardan kelib çiqib baho beriş kerak. Gap şundaki, professional bilimga va vatanparvarlik hissiga ega bölmasangiz, dunyoda hukmron bölgan hozirgi qaltis va öta murakkab bir şaroitda sizning aytgan fikringiz, ilgari surayotgan ğoyangiz salbiy harakatlar kelib çiqişiga sabab böladi.

Jörayev S.A,