Emiliya-Romanya, Friuli-Venetsiya-Juliya, Lombardiya, Piyemont va Veneto regionlari suv taqçilligiga qarşi kuraşiş uçun mamlakat favqulodda fondidan 36,5 mln yevro oladi. 

Italiya qişloq xöjalik ittifoqi Coldiretti’ning hisob-kitoblariga köra, qurğoqçilik regiondagi qişloq xöjalik mahsulotlarining 30 foizdan ortiğini yöq qilişi mumkin. 

Bir neçta munitsipalitetlar suv ölçov bilan berilişini e’lon qildi.

Qurğoqçilikka qişda yoğingarçilikning kamligi va yozning öta issiq kelişi sabab böldi.

"Mavjud holat favqulodda vaziyat rejimini joriy etişni talab qilardi", - deyiladi Italiya hukumatining bayonotida.

Barça jabrlangan regionlar Po daryosi – Italiyaning uzunligi 650 kilometrdan ortiq bölgan eng uzun daryosi atrofida joylaşgan.

Italiyaning eng uzun daryosi bölmiş Po daryosi ayrim joylarda qurib qolgan
ANADOLU AGENCY VIA GETTY IMAGES

Po vodiysidagi fermerlar daryoning ayrim joylari qurib qolgani, ayrim qismlarida esa oqimga dengizning şör suvi qöşilayotgani, bu esa ekinlar uçun halokatli ekanligini aytişmoqda.

Duşanba kuni Italiya boş vaziri Mario Dragi yetti nafar alpinistning ölimiga sabab bölgan muz köçkisi yuz bergan Dolomitga taşrif buyurdi. Falokat oqibatida töqqiz kişi jarohatlangan, 20ga yaqin odam bedarak yöqolgan.

Dragining fikriça, muzlik fojiasi va qurğoqçilik – global isiş jarayonining böğinlari hisoblanadi.