Prezident Şavkat Mirziyoyev arxitektura, quriliş va şaharsozlik masalalariga bağişlangan yiğilişda 1−2 iyul kunlari Qoraqalpoğistonda yuz bergan namoyişlarga ham töxtalib ötdi. 

«Albatta, bu voqealar bir kunda yoki ön kunda taşkil qilingan emas. Bu harakatlarga çetdagi ğarazli kuçlar tomonidan yillab tayyorgarlik körilgan. Ularning asl maqsadi Özbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qiliş va millatlararo nizo keltirib çiqarişga qaratilgan», deydi prezident.

Bölib ötgan voqealarni har tomonlama çuqur va xolisona tergov qiliş uçun Boş prokurorning birinçi örinbosari boşçiligida tergov va suriştiruv guruhi iş olib borayotgani, bu jarayonga xolis tomonlarni, ya’ni jamoatçilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qiliş zarurligi ta’kidlangan.

Boş prokuror Niğmatulla Yöldoşevga har bir holat çuqur va xolisona örganilişi va voqea iştirokçilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilişi topşiriq qilingan.

«Şu örinda, kuç tuzilmalarining harakatlari ham çuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan notöğri kuç işlatilgan bölsa, amaldagi qonunçilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi ta’minlansin», degan davlat rahbari.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpoğistondagi vaziyat izga tuşayotgani ma’lum qilingan.

«Eng asosiysi, aholining tinçligi va hayotiga heç narsa xavf solayotgani yöq.

Iqtisodiyot tarmoqlari işlamoqda. Odamlar kundalik işlari va yumuşlari bilan band. Dehqonlar öz dalasida işlamoqda, peşona teri bilan yaratgan hosillarini yiğiştirmoqda.

Bozorlar, dökonlar va boşqa xizmat körsatiş obektlari faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizning barça hududlaridan bu yerga oziq-ovqat va boşqa zarur mahsulotlar yetkazib berilmoqda.

Davlat hokimiyati organlari, jamoatçilik vakillari va huquqni muhofaza qiliş tuzilmalari tomonidan hududda barqaror vaziyatni ta’minlaş böyiça uyuşgan va muvofiqlaşgan holda iş olib borilmoqda», deydi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, hududlar rahbarlari huşyorlikka çaqirilgan.