Bugun, 5 iyul kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi.

Davlat rahbarlari şu yil mart oyida Toşkent şahrida ötgan Strategik şeriklik kengaşining 2-yiğilişida erişilgan kelişuvlar ijrosining borişini muhokama qildi, deyiladi Özbekiston prezidentining matbuot xizmati xabarida.

“Turkiya prezidenti davlatimiz rahbarining Qoraqalpoğiston Respublikasida tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarini har tomonlama qöllab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Suhbatda Özbekiston va Turkiya örtasidagi köp qirrali munosabatlarni kengaytiriş masalalari körib çiqildi. 2022 yil noyabr oyida Samarqandda bölib ötadigan Turkiy davlatlar taşkiloti sammiti yuzasidan fikr almaşildi.

“Davlat rahbarlari yaqinlaşib kelayotgan Qurbon hayiti bilan bir-birini qutlab, mamlakatlarimizning birodar xalqlariga farovonlik va ravnaq tiladilar”, deya qayd etilgan rasmiy relizda.

Keça, 4 iyulda Özbekiston va Turkiya taşqi işlar vazirlari örtasida telefon muloqoti bölib ötgan, unda rasmiy Anqara Qoraqalpoğistonda tinçlikni saqlaş böyiça Özbekistonning çoralarini qöllab-quvvatlaşi ta’kidlangandi.

Şavkat Mirziyoyev, keça, şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va Yevropa Kengaşi prezidentlari bilan ham telefonlaşdi.