Serra-Leone quyi ligasining sönggi turidan örin olgan 2 ta öyin gollarga haddan ziyod boy böldi.
Jumladan, «Kahunla Reyndjers» öz maydonida «Lumbebu Yunayted»ni 95:0 hisobida, «Galf» klubi esa «Kokuima Lebanon»ni 91:1 hisobida mağlub etdi. Bu natijalar mamlakat futboli tarixidagi eng yirik hisob böldi.
Serra-Leone futbol assotsiatsiyasi (SLFA) prezidenti Tomas Daddi Brima har ikkala öyin natijasi bekor qilinganini aytdi: «Biz bunday noxuş voqea iştirokçilari jazosiz qolayotganiga bir çetda qarab turolmaymiz. Zudlik bilan suriştiruv boşlaymiz va bunday şarmandalikka yöl qöygan barça aybdorlarni javobgarlikka tortamiz. Aybdor şaxslar SLFA qoidalariga muvofiq jazolanadi. Şuningdek, ularning işi mamlakatning korrupsiyaga qarşi kuraş komissiyasiga topşiriladi».
«Kahunla Reyndjers» boş direktori «sportga xos bölmagan xatti-harakatlarni keskin qoraladi». «Lumbebu» jamoasi boş menejyeri esa «öyinda qandaydir kelişuv bölganidan bexabar» ekanini aytdi.
«Kokuima Lebanon» klubi rahbari öz jamoasi iştirokidagi bahs aslida örtoqlik öyini bölganini ta’kidladi. «Galf» klubi rasmiylari qandaydir izoh berişdan boş tortişdi.
«Kahunla Reyndjers» va «Galf» klublari sönggi turdan oldin bir xil oçko jamğarişgan edi. Ular Super 10 milliy ligasi yöllanmasi uçun kuraşayotgan edi.
Ikki öyin bir xil vaqtda boşlandi. Birinçi bölimdan keyin «Kahunla Reyndjers» 2:0 hisobida, «Galf» esa 7:1 hisobida oldinda edi. Ikkinçi bölimda vaziyat keskin özgarib ketdi va töplar farqi yaxşiroq bölgan jamoa keyingi bosqiçga çiqişi oydinlaşdi. Natijada «Kahunla Reyndjers» 45 daqiqa içida 93 ta gol, «Galf» esa 84 ta gol urdi.
«Kahunla» kompaniyasining ijroçi direktori Erik Kaitell öz jamoasi va qolgan 3 ta klubni ijtimoiy tarmoqlarda qoraladi.
«Klubim «Kahunla Reyndjers»ning ğalati öyin natijasi uçun mamlakatdagi va dunyo futbol muxlislaridan uzr sörayman. Men öz jamoam va unga aloqador boşqa jamoalarning sportga xos bölmagan bunday xatti-harakatlarini keskin qoralayman. Bu voqeani tekşiriş uçun qömita tuzmoqdaman. Heç qaçon kelişilgan öyinlarning bir qismi bölmayman», dedi u.
«Lumbebu» boş menejyeri Muhammad Jan Said Jalloh boş murabbiy yöqligida uning örnida turgan edi. Öyinda uning 3 futbolçisi çetlatildi, jamoasi 0:95 hisobida yutqazdi.
«Men öyinda kelişuv bölganidan xabardor emasman, boşqalarni bilmadim. Ikkinçi bölimda juda köp gol ötkazib yubordik. Heç qaçon kelişilgan öyinlarning bir qismi bölmayman. Men futbol ma’muriyatini ikkala öyinni ham tekşirib körişga va aybdorlarni jazolaşga çaqiraman», dedi u.












