Milliy gvardiya polkovnigi Hamidjon Dadaboyevning ma’lum qilişiça, Nukusda va Qoraqalpoğistonning boşqa hududlarida bölib ötgan noqonuniy namoyişlarda xorij fuqarolari ham iştirok etgan. Lekin ularning aniq soni, şaxsiga oid ma’lumotlar tergov siri bölib, suriştiruvlar yakuniga köra qöşimça ma’lumot taqdim etiladi.
Şu bilan birga, Qozoğiston bilan çegara bu mamlakat fuqarolari çiqib ketişlari uçun oçiqligi, qöşni davlat fuqarolarining Qoraqalpoğistondagi tartibsizliklarda iştirok etganiga oid ma’lumotlar bölmasa, ular bemalol davlat çegaralaridan ötib ketişlari mumkinligi bildirildi.
Tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbirining “5 iyul kuni Qoraqalpoğistonda mitinglar ötkazilişi rejalaştirilgandi, ana şu mitinglar ötkazildimi? Şuningdek, komendantlik soati qoidalarini buzganlarga oid statistik ma’lumotlar bormi?” degan savollariga Milliy gvardiya rasmiysi şunday javob berdi:
– 5 iyul kuni Qoraqalpoğiston hududida heç qanday miting ötkazilmadi. Hudud aholisi barça masalalar mohiyatini anglagan holda bunday tadbirlarda iştirok etmadi, noqonuniy namoyişlar kuzatilmadi. Komendantlik soati qoidalarini buzganlarga kelsak, belgilangan vaqtda köçaga çiqqanlar suriştirilganda ular asosan zarurat tufayli, masalan, dorixonaga yoki tibbiy yordam izlab çiqqani yoki çeklovlardan bexabarligi ma’lum böldi. Komendantlik soati qoidalarini qasddan buzganlar qayd etilmadi. Nukus şahrida va umuman, Qoraqalpoğiston hududida osoyiştalik hukm surmoqda.













