Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi Ukrainadagi uruş borişi haqidagi har kungi hisobotida Luhansk oblasti nazoratga olingaç, rossiyalik harbiylarning keyingi maqsadi Slovyanskni egallaş bölişi mumkinligini taxmin qildi.

Britaniya harbiy razvedkasiga köra, sönggi haftada Rossiya qöşini Izyumdan Slovyanskka olib boruvçi E40 trassasi böylab beş kilometrga ilgarilagan, bu yönalişda ukrain harbiylari tomonidan «öta qat’iy qarşilik» körsatilmoqda.

Ta’kidlanişiça, endi «Ğarb» va «Şarq» guruhlariga mansub rossiyalik harbiylar Slovyanskdan taxminan 16 kilometr masofada turibdi, bu şaharga ötgan haftada Ukrainaning Luhansk oblastidagi sönggi yirik şahri bölgan Lisiçanskni egallagan «Markaz» va «Janub» guruhlari ham tahdid solmoqda.

«Slovyansk uçun jang Donbass uçun katta jangdagi navbatdagi asosiy qarama-qarşilikka aylanişining real ehtimoli mavjud», deya qayd etadi Britaniya mudofaa vazirligi.