BBC öz manbalariga tayanib Jonson bugun iste’foga çiqişini yozdi. Keyinçalik Mirror Britaniya hukumatidagi manbalariga asoslanib Jonson iste’foga çiqişini xabar qildi.

Ammo Sky News'ning hukumatdagi manbalari Jonson hukmron partiya yetakçisi saylangunga qadar boş vazir sifatida qolişi mumkinligi haqida yozdi. Saylovlar esa oktyabrda ötkaziladi.

Jonsonning iste’fosi haqida oxirgi vaqtlarda tez-tez gapirilmoqda. Çunki bir neça kun içida Britaniya hukumatini 30 dan ortiq xodimlar, 7 nafar vazir tark etdi. Bu esa hukumat rahbari bölmiş boş vazirning ham iste’fosi yaqinligidan nişona. Bu holatga izoh bergan Jonsonning özi hukumat rahbarining vazifasi qiyin vaziyatdan çiqib ketiş ekanini aytgan. «Men, albatta, boş vazir bölib qolaman», degandi Jonson.

Britaniya qirolligining 77-hukumat rahbari bölgan Jonson 2019 yildan buyon boş vazir bölib işlamoqda. U Tereza Meyning iste’fosidan keyin lavozimga kirişgan va Brexit jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagandi. 2008-16 yilgaça London meri bölib işlagan Jonson 2016-18 yillarda Britaniya taşqi işlar vaziri bölgan.