Şveytsariyaning Lugano şahrida bölib ötgan ikki kunlik URS2022 konferensiyasi doirasida Yevropaning barça davlatlari, şuningdek, Isroil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, AQŞ, Kanada va Avstraliya iştirokida Lugano deklaratsiyasi imzolandi.

Yuridik kuçga ega bölmagan mazkur siyosiy hujjatda iştirokçi mamlakatlar Rossiya agressiyasini qoralab, Kremlni  zudlik bilan qöşinlarini olib çiqib ketişga çaqirişdi va Ukrainaning tiklanişini qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanliklarini bildirişdi.

Ukraina rasmiylarining hisob-kitoblari böyiça mamlakatni rekonstruksiya qiliş işlari 750 milliard dollarga baholangan. Xususan, birgina joriy yilning özida mudofaa va qurol-yaroğga sarflangan mablağlardan taşqari, 60-65 milliard dollar kerak böladi.

Kiyev iqtisodiyot maktabi ma’lumotlariga köra, Rossiya armiyasi hozirga qadar 100 milliard dollar qiymatidagi binolar va infratuzilmani vayron qilgan. Mutaxassislar uruşdan körilgan umumiy iqtisodiy zararni 600 milliard dollarga baholaşgan.

Ğarb davlatlari hozirga qadar Ukrainaga faqatgina qurol-yaroğ sotib oliş uçun bir neça milliard dollar ajratdi. Şunday bölsa-da, allaqaçon qayta tiklaşning kelajakdagi xarajatlari haqida boş qotirişni boşlaşgan.

 «Uruşdan keyingi davrga uruşning örtasidayoq tayyorgarlik körişni boşladik. Biz ukrainaliklarga ular yolğiz emasligiga umid va işonç berişga intilamiz», deydi Şveytsariya prezidenti Ignazio Kassis.

Mablağlar faqat islohotlar uçun

Ukraina rekonstruksiya xarajatlarini 750 mlrd dollarga baholamoqda. Şu yilning özida mamlakatga 60-65 mlrd dollar zarur. Foto: EPA

Aprel oyida sakkiz nafar yetakçi iqtisodçi tomonidan Ukrainani qayta tiklaş uçun ajratilişi kerak bölgan yordam paketi 200-500 milliard yevroga baholangan edi. Bunda mutaxassislar Ikkinçi jahon uruşidan keyingi Yevropani qayta tiklaş tajribasi («Marşall rejasi»), Germaniyani birlaştiriş, Afğoniston, Iroq va Kuvaytni qayta quriş va boşqa modellarga tayanib iş olib borgan. Ular rekonstruksiya işlarini uç bosqiçda: hozirgi favqulodda holat, undan keyin muhim infratuzilma va davlat boşqaruvini tiklaş va şundan söng Ukrainani zamonaviy iqtisodiyotga aylantiriş uçun poydevor yaratiş körinişida amalga oşirilişini belgilab beradi.