Ukrainaning Donetsk oblasti harbiy-fuqarolik ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko jon saqlab qoliş va şaharlarni bostirib kelayotgan rossiyalik harbiylardan yaxşiroq himoya qilişga yordam beriş uçun hudud aholisini evakuatsiya bölişga çaqirdi.

Associated Press xabariga köra, u bu haqda 5 iyul kuni Ukraina qurolli kuçlarining Donbassdagi ştabi joylaşgan Kramatorsk şahrida ötkazilgan matbuot anjumanida aytib ötgan.

«Butun mamlakat taqdiri Donetsk oblastida hal qilinadi. Odamlar kamroq bölsa, biz bor e’tiborimizni duşmanga qaratişimiz va özimizning asosiy vazifalarimizni bajarişimiz mumkin böladi», degan u.

Associated Press naşri yozişiça, gubernatorning aholiga çaqiriği uruş boşidan buyon eng keng kölamli evakuatsiyaga aylanişi mumkin, gap 350 ming kişini olib ketiş haqida bormoqda. Şu bilan birga, agentlikning qayd etişiça, odamlar öz ixtiyori bilan ketişni xohlaşi va bu xavfsiz keçişi aniq emas.

  • Iyul oyi boşida Rossiya Ukrainaning Luhansk oblastidagi sönggi yirik şahar Lisiçanskni egalladi va şundan keyin amalda butun oblast rossiyaliklar nazoratiga ötdi. Endilikda Lisiçanskdan ğarbdagi front çiziği Luhansk va Donetsk oblastlari çegarasidan ötmoqda.