12:40 / 07.07.2022
11559

Yangihayot tumanida tabiatni asrashga chorlov sifatida inson qo‘lida o‘sayotgan daraxt installyatsiyasi o‘rnatildi (Foto)

Yangihayot tumani Yangihayot mahallasida tabiatni asrashga chorlov sifatida inson qo‘lida o‘sayotgan daraxt installyatsiyasi o‘rnatildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Foto: Yangihayot tuman hokimligi

“Bu bir tomondan tumandagi har bir daraxt himoyada ekanligining ramzi bo‘lsa, boshqa tomondan tabiatni asrash barchamizning burchimiz ekaniga ishoradir.

Yangihayot shu kunga qadar kreativlik tamoyiliga tayangan holda o‘zgarishlar qilishga odatlangan va bu kabi takrorlanmas g‘oyalar hali davom etadi”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, shu yil boshidan boshlab O‘zbekistonda ekologik muammolarga yechim sifatida “Yashil makon” umummilliy daraxt ekish aksiyalariga start berildi. Unga ko‘ra, aksiya doirasida 129,6 mln dona ko‘chat ekilgani ma’lum qilingan.

Foto: Yangihayot tuman hokimligi

Ammo keyinroq hisobot yolg‘on bo‘lgani, aslida ekilmagan 6,2 mln ko‘chat shu hisobotlarga qo‘shib yozilgani, 3,4 mln tup ko‘chat esa sug‘orish tizimi yo‘q joyga ekilgani ma’lum bo‘ldi. Hisob palatasi taftishida shuningdek, 2,4 mln tup ko‘chat bahor tugamasdanoq qurib bitgani aniqlangan.

Top