Iqtisodiyot hissiyotlarga qarşi

Niderlandiyalik yarimhimoyaçi Frenki de Yongning «Barselona»dan «Mançester Yunayted»ga ötişini Angliya va Ispaniyaning taniqli insayderlari deyarli amalga oşirilgan fakt sifatida gapirib kelişmoqda. Agar şunday bölib çiqsa, buni yozgi transfer bozoridagi eng paradoksal kelişuv deb ataş mumkin.

Darhaqiqat, transferdan 100 foiz manfaatdor tomon bu «qizil iblislar»dir, lekin bu pul hamma narsani hal qiladigan vaziyat. Agar aniqroq aytadigan bölsak, ularning «Barselona»da yöqligi.

Taqqoslaş biroz qöpol bölsa ham, voqealar ötgan yilgi Lionel Messining ketişi bilan boğliq «doston»ni qisman eslatadi. Öşanda kök-anorranglilar öz afsonasi bilan yangi şartnoma imzolaş imkoniga ega bölmagan edi. Hatto argentinalik futbolçi tekin öynaşga rozi bölgan taqdirda ham (Ispaniya futbol qonunlariga köra, bu imkonsiz) uni olib qolişning iloji yöq edi.

«Barselona» hozirda mablağga öta muhtoj va de Yong katta qiymatga sotiş mumkin bölgan yagona futbolçidir. Bundan taşqari, klub maoşlarning yuqori çegarasi belgilangan murakkab şaroitda qandaydir yeçim izlab topişga mahkum. Çunki de Yongning maoşi yangi mavsumdan boşlab yiliga 19 million yevroga oşişi kerak.

Albatta, Pedri va Gavi kabi iqtidorlar bor, ammo Kataloniya poytaxti şartnomalarida 1 milliard yevro tovon puli belgilangan asosiy iste’dodlarini qurbon qilişga tayyor emas. De Yongni esa ming afsuslar bilan bölsa-da, sotiş mumkin.

Yaqinda «Barsa» prezidenti Joan Laporta futbolçini saqlab qoliş uçun hamma narsani qilişga tayyorligini aytdi. Ammo şu bilan birga, u iş haqi bilan boğliq muammolar borligini, ularni hal qiliş lozimligi haqida ham gapirdi.

Klub esa hatto yangi transferlarni röyxatdan ötkaza olmayapti, kataloniyaliklar boşi berk köçaga kirib qolişgan.

Boş murabbiy Xavi 25 yoşli de Yongning kelajagi haqidagi savollarga javob berişdan çarçagan bölsa-da, transferning muqarrar ekanini anglab turibdi.

«Frenki biz uçun muhim öyinçi va uni deyarli har doim asosiy tarkibda maydonga tuşirganman. Ammo köp narsa klubdagi iqtisodiy holatga boğliq. De Yong köp yillar davomida «Barselona»ning asosiy öyinçisi bölib qolişi mumkin, ammo vaziyat qanday tus olişini kuzatamiz», degandi Xavi Ispaniya çempionati yakunlanişidan oldin.