Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarini xususiy bog‘cha va maktabga yuborayotgan ota-onalar daromad solig‘idan qisman ozod etiladi
Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi rejalashtirilmoqda.
7 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘kazildi.
Unda «Soliq va bojxona qonunchiligi, shuningdek, soliq va bojxona imtiyozlarining qo‘llanilishini takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda konseptual jihatdan ko‘rib chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, mobil aloqa xizmatlari uchun aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga tushirilishi, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlari daromad solig‘idan ozod etilishi rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, xizmatlar sohasini rivojlantirish uchun soliq imtiyozlari berilishi va alohida soliq rejimi joriy etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 19.04.2026
Soliq deklaratsiyasi taqdim etgan 728 nafar xonanda jami 4,7 mlrd so‘m daromad topgani ma’lum bo‘ldi
16:33 / 04.03.2026
Xususiy bog‘cha va maktab uchun to‘langan to‘lovdan daromad solig‘ini qanday qaytarib olish mumkin?
08:23 / 13.02.2026
Qonunchilikdagi yengillik: kimlar daromad solig‘ini kam to‘laydi?
16:51 / 30.09.2025