“Eksport oşişi uçun agro-kooperativlar kerak” - Yorqinjon Malikov bilan suhbat
|03:21 / 08.07.202215 59922 min
Kun.uz mamlakatga valuta oqimining katta qismini olib keluvçi soha vakillari – eksportçilar oldida turgan muammolar va ularning yeçimlari haqida Eksportçilar uyuşmasi raisi Yorqinjon Malikov va yoş eksportçi Akmaljon Annayev bilan suhbat uyuştirdi.
Dollar kursi yuqorilab ketişidan nima tösib turadi? Banklarga kelib tuşadigan dollarlar. Aynan dollar tuşumi yetarliça bölsa, talab-taklif muvozanatda bölib turadi – talab ustun kelib qolib, kurs kötarilib ketmaydi.
Tuşumni nima ta’minlab turadi? Dollar tuşumining salmoqli qismi – eksport. Xususan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti. Bu frontda körinmas jangçilar – eksportçilar. Aynan ular dehqon yetiştirgan mahsulotni avaylab, ming xil qiyinçiliklarni yengib, çet elga çiqarib sotib kelişadi, evaziga mamlakatga dollar olib kelişadi. Bu dollarlar banklarga kelib tuşadi va... kursga ta’sir qiladi.
Bu eksportning faqat bitta foydasi, boşqa foydalari ham bor va ular beqiyos.
Şu örinda savol tuğiladi. Bu körinmas jangçilarning faoliyati uçun kerakliça – ular jamiyatga keltirayotgan foydaga mos şaroit yaratilganmi? Yoki muammolar hali köpmi? Garçi muammolar hali köp bölsa, ularni tezda yeçiş kerakdir?
Kun.uz Özbekiston eksportçilari uyumasi raisi Yorqinjon Malikov va bir yoş tadbirkor bilan eksportçilarni qiynayotgan muammolar borasida suhbat qildi.
— Eksportçimizning ramziy xarakteristikasini ta’riflab bersangiz. Hozirgi lahzada u özini qanday his etyapti?
— Eksport qiluvçi korxonalarda bilim darajasi öta past – eksport özi nimaligini hali töliq tuşunib yetişmagan. Orqaga nazar taşlaydigan bölsak, eksportimiz juda kam bölgan. Bunga ayrim tösiqlar mavjud bölgan, buni eksportçi korxonalarimiz juda yaxşi bilişadi. Yurtboşimizning olib borayotgan siyosati natijasida hozir bizlar uçun darvozalar katta oçildi.
Avvallari qobiq içida faoliyat yuritib kelganmiz. 10 yil oldin eksportga berilgan imkoniyatlar bunaqa emasdi. Özimizning içki bozorda bir-birimiz bilan raqobatlaşib yurardik. Mana 5-6 yildan beri katta imkoniyat berilyapti.
— “Darvoza oçildi” dedingiz. “Darvoza” deganda nimani tuşunişimiz kerak, u qanday oçildi?
— Bizlarning asosiy bilgan bozorimiz faqat Rossiya edi. Yoppasiga Rossiyaga eksport qilardik, mahsulotlarimiz faqat Rossiya bozoriga töğri kelardi. Heç qanday sertifikat, qat’iy bir talablar bölmagan.
Mana 4-5 yil bölibdiki, eksportni rağbatlantiriş kuçaytirildi. Yevropaga kirişimiz uçun qanday sertifikatlar kerak bölsa, uni rasmiylaştirişga ketadigan xarajatni, deylik, 10 ming dollarni Investitsiya va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rağbatlantiriş agentligi yordamida tölayapmiz. Ya’ni xarajatlarimiz qisqardi. Rossiyadan boşqa, qimmatroq Yevropa bozoriga eksport qilişni boşladik.
Mavzuga oid
Davlat yordamida sertifikatni rasmiylaştirib, Yevropaga eksport qilişga ruxsat olganimizdan keyin, “bizning mahsulotlarimiz Yevropa davlatlari uçun töğri kelar ekan”, degan xulosa şakllandi bizda. Endi biz mahsulotni yetkazib beriş haqida öylayapmiz.
Deylik, Italiyaga bizning pomidor yoki bodringimiz töğri keldi. Endi olib borişimiz kerak. Nima qiliş kerak? Logistika kerak. Italiyaga 20 tonna pomidor yoki bodring olib borişimiz uçun yölkirasini hisoblaymiz. 8 ming dollar ketadi deylik. Uşbu logistika xizmatida yana davlatimiz yordamga kelyapti – 70 foizgaça yölkirani qoplab beryapti. Eksportçining xarajatlari yanada qisqaryapti.
Endi biz Yevropada marketingni yölga qöyişimiz kerak. Yevropadagi xaridorni örganişni boşladik. Rossiyaga öxşab 50 kilodan qopga solib obormayapmiz. Endi 500 gramdan qadoqlab, Yevropa bozoriga olib kiryapmiz. Rossiya bozorida bu mahsulotni kilolab sotadigan bölsak, Yevropada biz uni grammlab sotyapmiz.
— Yevropa talablariga javob berolyapmizmi?
— GLOBALG.A.P. degan sertifakat bor. Agar fermerlarimiz öşani oladigan bölsa, mahsulotining Yevropaga kirişiga tösiq bölmaydi.
Yevropa bozori qanaqa talab qöygan – öşa talabga javob beradigan mahsulot uruğini izlab topişyapti dehqonlar, unga beriladigan mineral öğitlarni bera boşlaşyapti, sertifikatlar talablariga javob beradigan qilib mahsulot tayyorlaş boşlanyapti.
— Endi muammolar haqida gaplaşaylik. Qanday muammolar borki, ularni bartaraf qilsak, eksport hajmi oşadi?
— Eksport qiluvçi korxonalarning eksport böyiça bilimini oşirişimiz kerak.
Logistika sohasi eksportning bir qanoti sanaladi. Ammo biz logistika sohasiga katta e’tibor bermayapmiz.
Eksport mahsulotlarini yuk transportida olib ketayotgan haydovçilarimizni boşqa davlatlarda himoya qiliş mexanizmini işga tuşira bilsak, yana bir muammoni bartaraf qilgan bölamiz. Boşqa davlatlarga yuk olib ketayotgan özbekistonlik haydovçilarimizni çet ellarda himoya qiladigan biror-bir taşkilot yöq. Har xil tödalarga, reketçilarga röbaro bölgan holatlarni kördik. Haydovçilarimiz bunaqa holatlarga duç kelaversa, öşa davlatga boriş niyatidan qaytadi.
— Bunaqa holatlar köpmi?
— Juda köp bölyapti...
— Bu tegişli şartnomalar bilan tartibga solinmaydimi?
— Aynan şunday şartnomalarga nisbatan loqaydlik bölgani uçun ham haydovçilarimiz şunaqa holatlarga duç kelmoqdalar.
— Bu muammoni bartaraf etişga kim mas’ul?
— Transport vazirligi bizga şu muammoni hal qilib bersin. Biz nima uçun Transport vazirligiga pul tölaymiz? Nima uçun “dozvol” sotib olamiz? Nima uçun litsenziya sotib olamiz? Biz pulini tölaganimizdan keyin himoya qilsin.
— Transport vazirligi qanaqa qilib himoya qiladi?
— Bu sohaning içiga çuqur kirmaganman, yuzaki bilaman. Bizning eksport bölimiga ta’siri bölgani uçun. Buning içiga kirsak, bir neçta muammolar bor. Yaqin kunlarda eşitganim, “dozvol” degan narsa bizga muammo bölyapti, deb aytişdi. “Dozvol” – qaysidir Yevropa davlatiga boradigan bölsangiz, ruxsat beruvçi bir qoğoz ekan. Buni logistika korxonasi juda yaxşi biladi. Buning ruxsatini Transport vazirligi, “Daryotrans” beradi deyişyapti.
Vodiydagi haydovçimizning aytişiça, ana şu “dozvol”ni ololmagani uçun bir qança haydovçilarimiz işsiz ötiribdi. Germaniyaga olib borişimiz uçun yuk bor, lekin “dozvol”imiz yöq deyapti.
Boşqa tizimli muammolar töğrisida ham qisqa aytib ötmoqçiman.
Ortiqça yuk va YPX
Bir oy avval Kun.uz saytida Namangan postidagi muammoni kötarib çiqqanmiz. Umumiy yuk miqdoridan 50-60 kilo ortiqroq ortilgan yukka YPX xodimlari tomonidan bayonnoma yozilib, avtomaşina jarima maydoniga olib kirib ketilgan. Bordi-yu, maşina juma kuni tuşdan keyin yoki keçki payt olib kirib ketilsa, bu jarimani sud orqali tölaşning iloji yöq. Çunki şanba va yakşanba kunlari sud xodimlari ham dam oladi. Ya’ni eksportga yönaltirilgan mahsulotimiz ikki sutka davomida Özbekiston içkarisida, jarima maydonida qolib ketyapti. Bu esa mahsulotning sifatiga salbiy ta’sir körsatadi.
Şuning uçun ham şunaqa taklif bermoqçi edik. Masalan, Namangan postining oldida tarozi bor, ana şu tarozidan har bir yuk maşinasi ötadi va qöliga ortiqça ortilgan yuk vazni haqida qoğoz oladi. Ana şu ortiqça ortilgan yuk uçun jarimani sud orqali emas, balki soddalaştirilgan tartibda tölaşni haydovçilarimizning özlari taklif qilişyapti.
Yana öşa QQS
Bundan taşqari, eksportyor korxonalarimiz eksport qilganlaridan keyin qöşilgan qiymat soliğini qaytarişda muammo bor. Juda katta muammo! Agar biz eksport amalga oşirilganidan keyin QQSning qaytarilişini tezlaştiradigan, har xil şartlarini yengillaştiradigan bölsak, eksportyor korxonaning moliyaviy holatini yaxşilagan bölamiz. Aylanmadagi pulimiz tezroq orqaga qaytadi, aylanmani tezroq qilamiz, özidan özi valuta oqimi yanada kengayadi.
“Ölganning ustidan tepadigan” jarimalar
Yana bir muammo haqida aytaman: bizning eksportçi korxonalarimiz qaysidir davlatga mahsulot eksport qilganida, u yerdagi importçi Özbekistonga pul tölaşi keçikib qoladi. U bu işni ataylab qilmaydi, qandaydir sabablar tufayli Özbekistonga tuşadigan pul ma’lum muddatga surilib qoladi. Pul tuşişi 180 kundan keçikib ketsa, debitorlikka qöyiladigan ştraflar qöyiş közda tutilgan va biz bu jarimalarni olib taşlaşni söramoqçimiz. Çunki importçilar ham pulni keçiktirib tölaşni niyat qilmaydi.
Hozirgi paytda yuzaga kelgan global muammolarni körib turibmiz, şeriklarimiz qandaydir oğir şaroitlarga tuşib qolgan bölişi mumkin.
Tadbirkorlarimiz eksport qilişdan oldin 30 foiz pulni ötkazişadi, eksportni amalga oşirib bölgaç esa, ba’zida şeriklari aldab ketadi. Natijada 70 foiz pulimiz boşqa davlatda qolib ketadi. Özi öşa yerda qolib ketgan pulni yöqotadi, ustiga özimizdagi qaysidir davlat taşkilotlari tomonidan jarimaga tortiladi. Oğir ahvolga tuşib qolib dumalab qolgan odamni tepkilb ötiş bilan barobar bu.
Bojxonalardagi tirbandlik
Köpçilik haydovçilarimiz ham, eksportçilarimiz ham bir narsadan nolişadi. Respublikamizdan eksport bölib ketayotgan yuklar olib çiqib ketilayotganda bojxonalarda tirbandlik yuzaga kelyapti: 2-3 sutkalab qolib ketyapmiz deyişyapti. Köp kuzatilgan holat şundan iboratki, Toşkent viloyati orqali qöşni Qozoğistonga çiqib ketayotganda “Yallama”, “Navoiy”, “Mayskiy” kabi postlar bor va ularning har birida yukni ötkazişga bir sutkagaça vaqt ketib qolişi mumkin.
Misol uçun, “Navoiy” posti bir sutka davomida 150 ta maşinani ötkazişi mumkin, bundan oşiğiga imkoniyati yöq. Vaholanki, bir sutka davomida bitta postga kirib kelayotgan maşinalarning soni 200-220tani taşkil qilyapti. Natijada sutka davomida 70 tadan maşina ustma-ust bölib taxlanib qolmoqda. Ularning orasida tranzit yuklari ham bor. Qozoğistonning öziga çiqib ketayotgan, Qozoğiston orqali Rossiyaga çiqib ketayotgan yuklarimiz bor.
Toşkent viloyatidan çiqayotganda bojxona xodimlariga heç kimning e’tirozi yöq. Ammo Rossiyaga töğri yuk olib çiqayotgan haydovçilarning aytişiça, ularning özlari uçun eng qulayi – Qoraqalpoğistondagi “Dovudota” posti orqali çiqib ketiş.
Öşa maşhur “Dovudota” yöli
Haydovçilar Özbekiston içkarisida 1000 km xavfsiz hudud böylab yurganimiz yaxşi deyişadi. Xöş, unda nega öşa yöl bilan yurmadingiz degan savolni bersam, “Dovudota”gaça bölgan 150 km yöl mutlaqo talabga javob bermaydi deb aytişadi.
Uşbu 150 kilometrlik yöl uçastkasini bir sutka davomida bosib ötişar ekan... Holbuki, bungaça bölgan 1000 km yöl bir sutkada bosib ötiladi. Agar Rossiyaga çiqib ketayotgan yuk maşinalarini “Dovudota” posti orqali yönaltira olsak, bu degani ming km yölni bosib ötadigan har bir maşinaning ikkitadan haydovçisi Qozoğistonda emas, özimizda pul sarflaydi: solyarka sotib oladi, ovqatlanadi.
Şuning uçun uşbu 150 kilometrlik yölni tuzatişga juda katta e’tibor beriş kerak. Bu Toşkent viloyati yöllaridagi tirbandlikni yengillatadi, öz-özidan Toşkent viloyatidagi bojxonalarda yuzaga kelgan tirbandlik muammolari ham hal bölib qoladi. Bu işlarga e’tibor qaratilmasa, eksportimizga salbiy ta’sir körsatişda davom etaveradi.
Qişloq xöjalik kooperativlariga ehtiyoj
Eksportdagi yana bir muammolardan biri – eksport hajmining yetişmovçiligi. Ayniqsa, qişloq xöjaligi mahsulotlari böyiça. Misol uçun, çet eldan bir mijoz keldi va vodiyga, masalan Oltiariq tumaniga bordi, 20 tonna örik kerak unga. Lekin bu mevani bir joydan ololmaydi.
Masalaning yeçimi – qişloq xöjaligi kooperativlariga yöl oçiş kerak. Dehqonlar kooperativlarga birlaşsa, çet ellik xaridor kelib, közlagan hajmdagi mahsulotini bir joydan olib keta oladi. Mijozlarimiz köpaysa, mahsulotga talab ham köpayadi. Lekin hozirça bu talabga yaraşa bizda javob bölmayapti. Respublikamizda har bir soha kesimida kooperativlarni köpaytiradigan bölsak, bu muammo ham yeçilişni boşlaydi.
— Yaqinda men bir yigit bilan tanişdim, yoş eksportçi. Uning menga aytib bergan hikoyasida sohadagi bir talay muammolar jamlangan. Bu yigit yoşligida Rossiyaga öqişga borib, avvallari bozorlarda arava sudrab yurgan, keyin savdo işlariga aralaşib, firma oçgan va tadbirkorlik bilan şuğullanib, Özbekistondan qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti bilan şuğullangan, “oborot”ini 14 mlrd sömgaça çiqargan. Kredit olgan. Keyin Ukrainada uruş boşlanib qolgan va pullari Ukraina va Rossiyada qolib ketgan. Natijada kreditini tölay olmagan. Mulkini undiruvga – öz tumanida falon pulga qurgan muzlatkiçiga qaratişgan...
— Tuşunişimça, u Eksportni rağbatlantiriş agentligidan kredit olgan. Endi bu undiruvdagi muzlatkiçni arzonga sotib yuborişlari mumkin. Özi şundoq ham jabr köribdi. Unga kreditini prolongatsiya qilib berişlari kerak. Olti oyga yoki bir yilga prolongatsiya qilib beriladigan bölsa, şu tadbirkorimiz ertaga kredit muzlatilgan davrda yana harakat qiladi, oyoqqa turib oladi, balki hamkorlari muzlatkiçini qimmatroqqa sotib olişi mumkin.
Banklarda bunaqa prolongatsiya qilişga imkoniyat bor. Ana şu imkoniyatdan foydalanib, tadbirkorga yordam beriş kerak. Aks holda, ertaga yana bitta tadbirkorimiz, yana bitta eksportyorimiz yöq bölib ketadi. Uni böğib “öldirib qöyyapmiz” deyarli.
Bu siz bitta eksportçi bilan gaplaşibsiz, holbuki biz bir oy içida yuzlab bunaqa muammolarga duç kelgan eksportçilar bilan gaplaşişimizga töğri keladi.
Biz yuqorida aytib ötgan eksportçi – “Rocks” MÇJ ta’sisçisi va rahbari – Akmaljon Annayev. Quyida uning hikoyasi bilan taniştiramiz.
— Biznesga kirib kelişingiz qanday bölgandi?
—Qiyin va maşaqqatli. Özga yurtlarda öqib yurganimda biznes qila boşlaganman – Moskvada bozorda oldi-sotdi bilan. Avvaliga sotuvçilik qilganman, keyinçalik firma oçib tadbirkorlik qila boşlaganman. Asosan eksport bilan şuğullanaman.
— Nimadan boşlangan eksport? Eksport bilan şuğullaniş ğoyasi qanday kelib qoldi sizga?
— Rossiyaning Xalqlar döstligi universitetida öqib yurganimda, öqişdan taşqari böş vaqtimizda şeriklarim bilan arava sudraganmiz. Tadbirkorlar olib kelayotgan yuklarni sotib yurganmiz. Keyinçalik pul yiğib, Özbekistondan özimiz uçun yuk keltirişga buyurtma bera boşladik. Öşa paytlarda valuta kursi va taşqi faoliyat juda yaxşi edi. Öqişni tugatib Özbekistonga kelib firma oçib biznesni umumlaştirganmiz, katta korxona rahbari böliş orzusida, firmamning nomini “ROCKS” qöyganman, “çöqqilar” degan ma’noni bildiradi.
— Qanday mahsulotlarni eksport qilasiz?
— Asosan mavsumiy meva-çevadan boşlab poliz ekinlarigaça eksport qilamiz. Rossiya, Ukraina, Qozoğistonga. Kelajakda Yevropa mamlakatlariga çiqiş umididamiz.
2021 yilda eksport salohiyatimizni 14 milliard sömga yetkazdim. Yoş tadbirkorlar uçun bu juda qiyin – 60-70 ta furada yuk çiqariş kerak degani.
— Qiyinçiliklar nimalar bilan boğliq?
— Qiyinçiliklar birinçidan logistika, ikkinçidan– pul tizimi, bankdan pul yeçib, dehqongaça olib borişga ketadigan vaqt, naqd pul muammosi. “Rasçet”ingiz dollarda bölgan, dollarda berişingiz kerak. Tizimli muammolar bankda ham mavjud. Qaşqadaryoda bankdan yeçib ketasiz, vodiydan yuk çiqariş kerak, kamida 10-12 soat yöl yurasiz. Faqat sömda yeça olasiz pullaringizni, valutada emas.
— Bu muammolar qanday noqulayliklarni keltiradi?
— Noqulayligi şundaki, bir xalta pul bilan yurgandan bir paçka pul bilan yurgan qulayroq, xavfsizroqmikan deyman. Hamma “sömda-sömda” deydi, lekin fura, logistikalarimiz, korobka, bozorda olib-sotişlarimiz qisman dollarga borib taqaladi.
— Demak, sizning işingizda naqd pul bilan köp muomala qilar ekansiz-da?
— Ha, naqd pul bilan köp işimiz bitadi. Bu yaşiradigan gap emas, aksinça bu haqda gapiriş kerak. Negaki dehqon “pereçisleniye”ga, “sçetdan sçetga” ötkazişga işlamaydi. Qarzga ham çiqarmaydi. Muddatga könmaydi. Yukni olişingiz bilan dehqonga öşa zahoti pulni berişingiz kerak.
Yuk ortuvçiga ham pulini naqd berasiz, maşinangizga yuklab beradi. Maşinaga naqd avans berasiz, yukingizni olib borib beradi. Mana şunaqangi tartib bor, köpinça 70-80 foiz naqd pul aylanadi.
Boşqa firmalarni bilmadim, lekin hozirgi kunda bizga öxşagan yoş tadbirkorlarning işi naqd asosan naqd pulda. Savdo-sanoat palatasi ham yaqinda tuşlik uyuştirganida aytişdi, dehqonlar bilan kelajakda hisobdan hisobga pul ötkaziş tizimini joriy qilamiz deb va’da berişdi. Kutib qolamiz, şu narsalarni. Xarajatlar faqat eksportçilarning böynida.
— Hozir sizlarning faoliyatingiz uçun qança soliq belgilangan?
— Aylanmadan 4 foiz tölaymiz. Bu miqdorni men katta deb hisoblayman. Bu biznes 50/50 tavakkalçilikka qurilgan. Eksportçilarning biznesi katta riskka quriladi. Çunki bilmaysiz, bugun olib çiqqan yukingiz Rossiyada 3 kun ötib neça pul sotilişini. Kirib borişi 50 rubl bölib, ertaga bozorda 30 rublga sotilişi mumkin. Xarajatlaringizni heç kim qoplab bermaydi.
Unisidan bölmasa, boşqasidan bölib qoladi degan umid bilan, Allohga tavakkal qilib işlaymiz. Katta risk bilan işlaymiz. Aynimaydigan narsa bölsa, yukni qöyib, narx kötarganida sotaman deysiz; meva bilan bunday qilib bölmaydi, narx çiqdimi, öşanga sotiş kerak, çunki bu monopoliya emas. Sotmasangiz, ertaga sifati yöqoladi va bundan ham arzoniga berişga töğri keladi.
Rossiyada axlatga tökiş ham pul turadi. Şuning uçun eksport sohasida işlaş juda qiyin.
— 2021 yil yozida siz kredit olgansiz, nega kredit olişga qaror qildingiz?
— 2021 yil 1 iyul kuni Eksportçilar agentligidan aylanma mablağni kötariş maqsadida 11 foizli kredit oldim.
— Kreditsiz aylanma mablağni oşirib bölmasmidi?
— Bölardi. Öşanda 100 ming dollar – 1 mlrd sömga yaqin pulim bor edi. Özimdan xato ötdi deb öylayman, nafs qursin. “Oborot”ni kötarib, tezroq rivojlanişni közladim.
— Kredit olganingizdan keyin jarayonlar qayoqqa qarab ketdi?
— Özimga qöyilgan vazifani men töğri bajardim deb öylayman. Çunki 3 mlrdlik kreditim böla turib, men 14 milliardlik “oborot” qilganman. 14 milliardlik “oborot” qiliş juda qiyin. Bir oyda 5-6 ta maşinada yuk çiqariş yoş tadbirkor uçun juda qiyin iş. Buning uçun yuguriş kerak. Yuqorida aytganimdek, pullarni vaqtida yetkazib bermasangiz, maşinalar uşlanib qoladi. Iş özingizga qarab qolgan bölsa mayli, yugurib hal qilasiz, lekin bojxonada töxtab qolsa, iloji yöq, kutasiz – elga kelgan töy. Yukimizning sifati özgariş yoki özgarmasligi heç kimni qiziqtirmaydi...
Örtada Rossiya–Ukraina uruşi boşlanib qoldi. Natijada biz yuk bergan kompaniyalar va brokerlarimiz bizga tegişli pulni vaqtida qaytarib bera olmayapti. Ularni ham töğri tuşuniş kerak. Masalan, Ukrainani oladigan bölsak, kimdan borib söraysiz?
Prokuraturaga ham murojaat qildim. Xalqaro sud tartibida körib çiqamiz deyişyapti. Bu jarayonning ham öziga yaraşa qiyinçiliklari bor. Özbekistonning içida yillar davomida körilayotgan işlar bor. Özimning qarzdorliklarimni undira olmayapman, kreditni yopiş maqsadida. Bu esa çet el. Hozirgi kunda firmamning 260 ming dollar debitorlik qarzlari mavjud.
— Siz qarzdormisiz?
— Yöq. Debitorlik qarzdorlik bu eksport qilgan şeriklarimiz bizdan qarz ekanini anglatadi. 90 ming dollar Ukrainada, 160 mingi Rossiyada. Bu bojxonada ham köringan, hamma biladi, sir emas. Şu mablağlarni qaytarib olganimça kreditni qaytariş muddati ötib qoldi... “prosroçeniy” bölib qoldi.
Sud mulkka qaratilsin deb qaror çiqarib berdi. Mulkka esa biz investitsiya jalb qiliş orqali Qaşqadaryo viloyati rayoni uçun, kelajakda rivojlaniş uçun 4 ming tonna siğimli xolodilnik qurganmiz. Hozirgi kunda bu xolodilnik minusda. Heç kim yuk qöymaydi, çunki yuk yöq. Bu xolodilnik Ğuzor rayonida joylaşgan.
Savdo-sanoat palatasining nonuştasida ham logistikaga oid muammolar bor deyişdi, uzum saqlaydigan xolodilniklarimiz yöq deyişdi. Xudo xohlasa, Özbekiston yanada rivojlanib Ğuzor rayonlarida ham uzumzorlik, gilos va mevalar yetiştiriladi. Öşa fursatda xolodilniklar kerak böladi.
— Hozir xolodilnikning taqdiri nima bölyapti?
— Xolodilnik undiruv maqsadida auksionga qöyiladi. Tadbirkor sotib oladi. U ham albatta foyda işlaş maqsadida sotib oladi. Minusda turgan xolodilnikni sotib olib, zarar köriş uçun olmaydi, uni buzib, 30-40 ta magazin qurişi mumkin.
— Lekin agar bunaqa xolodilnik qölingizda qoladigan bölsa, yaqin kelajakda kerak böladi...
— Germaniya texnologiyasi böyiça qurilgan xolodilnik, investitsiya olib kirilgan, juda katta xarajatlar qilingan. Bu inşoot qaçonlardir kimlarnidir iş bilan, kimlarnidir yuk bilan, kimlarnidir sifatli mahsulotlar bilan ta’minlaşi mumkin.
— Bilişimça, hozirgi kunda xolodilniklarga ehtiyoj juda katta.
— Töğri, ehtiyoj katta, lekin bu uzoq tumanda emas. Hozirgi kunda körib turibsiz, oziq-ovqat mahsulotlarini, masalan kartoşkaning bugungi narxi 7-8 ming söm. Agar mavsumiy paytda tadbirkorlarimiz Rossiyadan Özbekistonga ming tonna kartoşka olib kelsa, qayerga qöyadi? Heç qayerda xolodilnik yöq. Ğuzor rayonida ming tonnalik xolodilnik yöq. Qişga saqlaşga imkoniyat yöq. Mana şu men aytgan muzlatkiç.