Germaniya öz xavfsizligi manfaatlaridan kelib çiqib, Kiyevga Fuchs bronetransportyorlarini yetkazib beriş rejasidan voz keçdi. Bu haqda GFR mudofaa vaziri Kristine Lambrext ma’lum qildi. 

"Biz Ukrainani imkonimiz boriça qöllab-quvvatlaymiz. Ammo Germaniyaning mudofaa salohiyatini ta’minlaşimiz zarur", - dedi u.

"Şu bois, ayniqsa hozirgi paytda bundesver boş inspektori Eberhard Tsornning harbiy tavsiyalarini rad etgan holda bundesverni talaş mas’uliyatsizlik böladi", deb ta’kidladi Lambrext.

Avvalroq general Tsorn Ukrainaga Fuchs bronetransportyorlarini beriş imkoniyatini körmayotganini aytgandi.

Şu bilan birga, XDS/XSS fraksiyasi bundestagdan Kiyevga 200 dona bronetransportyor berilişini ma’qullaşini talab qilmoqçi.

Kristine Lambrext 28 iyun kuni Germaniya Ukrainaga uç dona Panzerhaubitze öziyurar artilleriya qurilmalarini berişini ma’lum qilgandi. Bunga qadar Kiyev Berlindan yetti dona ana şunday 155-millimetrli gaubitsalarni qabul qilgan.