Töqayev neftni sotiş uçun Rossiyani çetlab ötadigan yangi yönalişlar, xususan, dengizni kesib ötadigan yönaliş qurişga körsatma berdi. «Qozoğiston heç qaçon dengiz davlati bölmagan, ammo hozir zamon boşqaça», dedi Töqayev.

Qozoğiston Yevropaga neft yetkazib beradigan asosiy davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat nefti asosan Rossiya orqali ötadigan Kaspiy böyi konsorsiumidan oqib Yevropa davlatlarigaça boradi. Ammo yaqinda Rossiya sudi uşbu ötkazgiç faoliyatini töxtatib qöydi.

Prezident Töqayev Qozoğiston transport-tranzit tizimini rivojlantirişga bağişlangan yiğilişda qozoq neftini sotiş uçun yangi yönalişlarni taşkil qiliş kerak ekanini aytdi.

«Transkaspiy marşruti biz uçun ustuvor vazifa böladi. «KazMunayGaz»ga uşbu marşrutni amalga oşiriş böyiça mos keluvçi taklif tayyorlaşni buyuraman. Şuningdek, Tengiz loyihasiga investorlar jalb qilişni ham. Hukumat «Samruk-Kazina» bilan hamkorlikda Atirau – Kengqiyoq va Kengqiyoq – Qumköl neft ötkazgiçlarining quvvatini oşiriş ustida işlaşi kerak», dedi Qozoğiston prezidenti.

Transkaspiy xalqaro transport marşruti neft va boşqa mahsulotlar ötkazişga möljallangan bölib Xitoy, Qozoğiston, Kaspiy akvatoriyasi, Ozarboyjon, Gruziya, Turkiya va Yevropa davlatlaridan ötadi, Rossiyani esa çetlab ötadi.

Töqayev dengiz orqali ötkazişni ham rivojlantirişga körsatma bergan. «Qozoğiston heç qaçon dengiz davlati bölmagan va şu sabab dengiz orqali ötkazmalardan töliq foydalanmaganmiz. Endi zamon özgardi. Hukumat oldiga portlarimizni transformatsiya qiliş vazifasini qöyaman, ularni Kaspiydagi yetakçi habga aylantirişimiz kerak», degan u.

Rossiya orqali ötadigan koridor xavf ostida qoldi

5 iyul kuni Rossiyaning Primore tuman sudi Qozoğistonning Kaspiyböyi quvurli ötkazgiçi faoliyatini töxtatib qöydi. Sabab sifatida «Rostransnadzor» tomonidan qayd etilgan qoida buzilişi keltirilgan. Qozoğistonda qazib olinadigan neftning 80 foizi aynan mana şu ötkazgiç orqali ötadi. Ötkazgiçning yillik neft ötkaziş quvvati 67 million tonnani taşkil etadi.

Ötkazgiçning töxtatib qöyilişi dunyo bozoriga kuniga 1 million barrel neft kirmay qoladi degani. Bu esa dunyoda iste’mol qilinadigan «qora oltin»ning 1 foizi degani. Bu yönalişning yopilişi rus neftiga bölgan talabni biroz oşirişi aytilmoqda. Qozoğiston tomoni sud qaroriga e’tiroz bildirib, bu qazib oliş jarayoniga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini ta’kidlagan.