Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida ötgan iqtisodiy forumdagi çiqişi bilan köpçilikning hayratiga sabab böldi.

Yanvar voqealaridan keyin Rossiyaga yanada boğliq bölib qolişi taxmin qilingan Qozoğiston yetakçisi Putinning köz oldida «DXR» va «LXR»ni tan olmasligini aytdi. Töqayev ularni kvazi-davlatlar deb atadi. Rossiya Ukrainaga göyoki aynan şu özini mustaqil respublika deb e’lon qilgan «davlatlar»ga yordam beriş uçun kirganini ma’lum qilgan.

Töqayev nima degandi?

Uruş boşlangaç dunyodagi yirik kompaniyalar asta-sekin Rossiyadan çiqib keta boşladi. Peterburgda ötgan iqtisodiy forumda ham yirik investorlar va dunyo rahbarlarini uçratiş qiyin edi. Davlat rahbarlaridan faqat Qosim-Jömart Töqayev sahnada Putinga hamrohlik qildi. Forumning asosiy qismi Putinning çiqişi deb belgilangandi. Bu asosiy qismga moderator etib esa Rossiyaning boş propagandaçilaridan biri bölmiş Margarita Simonyan tayinlangandi.

9 may arafasida harbiy parad ötkazilmasligi aytilgaç, Qozoğistonga tahdid qilib gapirgan şoumen Tigran Keosayanning turmuş örtoği bölmiş Margarita Simonyan Töqayevdan Rossiyaning Ukrainada amalga oşirayotgan «maxsus harbiy amaliyoti»ga (Rossiyada hamon Ukrainadagi uruşni uruş deb ataş taqiqlangan) qanday qaraşi, bu borada qozoğistonliklarning fikri qanday ekanini söradi.

Töqayev esa şunday javob berdi: «Oçiq aytaman, Qozoğistonda bu borada (uruş haqida) har xil fikrlar bor. Jamiyatimiz oçiq, bizda fuqarolik jamiyati yetilgani yaqqol közga taşlanmoqda. Şuning uçun har xil fikrlar bildirilyapti.

Men şuni aytişni istardimki, zamonaviy xalqaro huquq bu – BMT Nizomidir. Nizomdagi asosiy prinsiplardan ikkitasi hozirda bir-biriga qarama-qarşi bölib qolgan. Bu – davlatlarning hududiy yaxlitligi va millatlarning öz taqdirini özi belgilaş huquqi. BMTning barça asosçilari öz vaqtida bunga e’tibor qaratmagan körinadi. Balki atayin qilişgandir, bu ikkita prinsip hozirda bir-birini inkor qilmoqda. Fikrlar har xil. Ayrimlar davlatlarning hududiy yaxlitligi muqaddas tuşunça deb hisoblaydi, boşqalar esa u yoki bu davlat tarkibidagi millatlar öz davlatiga ega böliş va ajralib çiqiş huquqiga ega deydi.