Senatning 8 iyul kungi yalpi majlisida Soliq va Bojxona kodekslariga özgartiş va qöşimçalar kiritişga oid qonun ma’qullandi.

Mazkur qonun bilan quyidagi özgarişlar kutilmoqda:

  • mobil aloqa xizmatlari uçun aksiz soliği stavkasi
    tuşiriladi;
  • farzandlariga boğça va maktablar körsatadigan ta’limga oid xizmatlar uçun ota-onalar (farzandlikka oluvçilar) tomonidan tölanadigan oyiga 3 mln sömgaça bölgan tölovlar daromad soliğidan ozod etiladi;
  • talabalarning OTM hududida taşkil etgan pulli öquv kurslari, sport tögaraklari va boşqa ta’lim xizmatlarini körsatişdan olingan daromadlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi;
  • nodavlat boğçalar va maktablar, şu jumladan, davlat-xususiy şerikçiligidagi nodavlat boğça va maktablarning qonunçilikda belgilangan ayrim turdagi xarajatlari jami daromadlar tarkibiga kiritilmaydi;
  • belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça tibbiyot asbob-uskunalari va buyumlarining ehtiyot qismlari hamda tibbiyot maqsadlari uçun sarflaş materiallari importi QQSdan ozod qilinadi;
  • çakana savdo va umumiy ovqatlaniş, mehmonxona, avtotransportda yölovçi va yuk taşiş, transport vositalariga texnik xizmat körsatiş, kompyuter xizmatlari, maişiy texnikani ta’mirlaş, agro va veterinariya hamda köngiloçar markazlarda xizmat körsatuvçi tadbirkorlik sub’yektlari uçun ijtimoiy soliqning 1 foizlik stavkasi qöllaniladi.

Eslatib ötamiz, prezident şu yil yanvarda imzolagan farmonga asosan, nodavlat boğça va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln sömgaça bölgan tölovlarini daromad soliğidan ozod etiş tartibi 2022 yil 1 apreldan amal qilişi belgilangan edi.