2022–2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini tasdiqlaş töğrisidagi prezident farmonida 2026 yil yakuniga qadar maktablar siğimini 6,4 milliongaça yetkaziş rejalaştirilgan.
Şuningdek, 2022 yil 1 apreldan nodavlat maktabgaça ta’lim muassasalari va maktablarga farzandlarini yuborayotgan ota-onalarning oyiga 3 mln sömgaça bölgan tölovlari daromad soliğidan ozod etilişi belgilanmoqda.
Parlament deputati Doniyor Ğaniyev Telegram kanalida yozişiça, bu ta’lim sohasidagi xususiy sektor rivojlanişi va xususiy ta’limga bölgan talab ortişiga katta ijobiy turtki böladi.
«Birinçidan, fuqarolar tölaydigan soliqlarning katta qismi budjet orqali ta’limga yönaltirilişi inobatga olinsa, soliqdan tuşadigan mablağlarning davlatdan köra fuqarolar qölida qoldirilişi bu mablağlarning ta’lim uçun maqsadli va samarali sarflanişini ta’minlaydi.
Ikkinçidan, hozir hududlarda ta’lim sifati va şaroiti qoniqarli xususiy maktablar narxi örtaça 700 ming sömdan 1,5 mln sömgaça (poytaxtda bundan 2 barobargaça qimmat ). Ya’ni bolani xususiy maktabga yuboriş xarajatining bir qismini soliqlardan tejalgan 360 ming söm (3 mln x 12 foiz) hisobiga qoplaş mumkinligini anglatadi. Bu bir tomondan hozirda farzandi xususiy maktabda ta’lim olayotgan oilalarni moliyaviy tomondan qöllab-quvvatlasa, ikkinçi tomondan farzandi xususiy maktabga bormaydigan ota-onalarni endilikda xususiy maktabga yuborişga rağbatlantiradi.
Uçinçidan, farzandi xususiy maktablarda ta’lim olişini istaydigan oilalar soni oşişi tabiiyki, xususiy maktablarga bölgan talabni oşiradi. Talab oşgan joyda esa öz navbatida taklif ham oşadi. Xuddi maktabgaça ta’lim sohasidagi kabi qisqa muddatlarda tadbirkorlar tomonidan oçilgan xususiy maktablar soni ortib, xususiy sektor uluşi hozirgi 1 foizlik açinarli körsatkiçdan sezilarli darajada oşişiga imkoniyat yaratiladi.
Törtinçidan, xususiy maktablar köpayişi öz navbatida ta’lim sohasida raqobat muhitini yaratadi, farzandlarimizga taklif etilayotgan ta’lim sifatini oşiradi. Qolaversa, bu raqobat yaxşi öqituvçilarga bölgan talab oşişiga, ularning maoşi va ijtimoiy mavqeyi ortişiga sabab böladi.

















