Qozoğistonlik Yelena Ribakina Angliyada ötkazilgan «Katta dubulğa» tasnifidagi «Uimbldon» musobaqasi ğolibiga aylandi. Qöşni davlat vakili finalda musobaqaning uçinçi raketasi bölmiş tunislik Ons Jobirni mağlub etdi.
Birinçi setni 3:6 hisobida boy bergan qozoğistonlik tennisçi keyingi ikki setni bir xil – 6:2 hisoblarida öz foydasiga hal etdi. Şu tariqa, 23 yoşli Ribakina 2011 yildan buyon «Uimbldon»ning ayollar örtasidagi bahslarida ğolib bölgan eng yoş tennisçiga aylandi.
Kutilmaganda birinçi setni boy bergan Ribakina keyingi setlarda keskin bosim uyuştirdi va tunislik raqibini xatolarga majburladi. Bahs yakunida esa ortiqça baqir-çaqir ham qilmagan Lena şunçaki qölini osmonga kötarib qöya qoldi. Ammo öyindan keyingi matbuot anjumanida heç qaçon bu bahsdagi kabi hayajonlanmaganini tan oldi.
Rossiya musobaqaga qöyilmadi, ammo baribir rus qiz ğolib böldi
«Katta dubulğa» turkumidagi «Uimbldon» musobaqasiga Ğarbning sanksiyalari doirasida rossiyalik sportçilar qöyilmagandi. Ammo baribir musobaqaning ayollar örtasidagi bahslarida rus millatiga mansub qozoğistonlik sportçi ğolib böldi.
Ribakina Moskvada tuğilgan, ammo 2018 yil Qozoğiston fuqaroligini olib qöşni davlat şarafini himoya qila boşlagan. Finalgaça bölgan bahslarni ideal tarzda ötkazgan sportçi faqat bitta setni boy bergandi, çorakfinalda avstraliyalik Ayla Tomlyanoviçga qarşi bahsda.
Yarimfinada Ribakinaga turnirning 2019 yilgi ğolibi, dunyoning sobiq birinçi raketkasi Simona Halep töqnaş keldi. Ammo bu bahsda ham qozoğistonlik sportçi qiyinçiliksiz ğalaba qozondi.
Ribakina «Uimbldon»gaça heç qaçon «Katta dubulğa» tasnifidagi musobaqa finaliga çiqmagandi. Bungaça dunyo reytingida 23-örinda joylaşgan sportçi 2021 yil Fransiya oçiq çempionatida çorakfinalga çiqqan va bu uning eng yaxşi natijasi bölib turgandi.

Tennis haqidagi eng yirik naşrlardan biri bölmiş «Racquel Magazin» jurnali boş muharriri Ribakinaning musobaqadagi ğalabasini şunday izohladi: «Rossiyalik sportçilarning musobaqadagi iştiroki taqiqlangandan keyin unda rus tennisçisi ğolib bölgani haqida gapirişmoqda. Ammo bu aynan Rossiyaning muvaffaqiyatsizligini körsatadi. Çunki Ribakinaga Rossiyada imkon berilmagan, iste’dodini körişmagan. Bugun Rossiya yutqazdi, Qozoğiston yutdi».

















