“Migratsiya markazida yollanma işçi sifatida faoliyat yuritib kelgan xodim bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan”, – deyiladi Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.

Avvalroq ma’lum bölgandiki, A.Ğ. 2022 yil 1 iyunda işlaş maqsadida Voronej şahriga borgan va hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun 28 iyunda Migratsiya markaziga murojaat qilgan. Markaz xodimi esa barmoq izini oliş asnosida uni turtkilagan, kökragiga tirsagi bilan zarba bermoqçi bölgandek qörqitgan.

Voqeani Özbekiston fuqarosi M.I. tasvirga olgan va Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Voronejdagi vakiliga taqdim etgan.

Şu hafta boşida Rossiya Davlat dumasi raisi Vyaçeslav Volodin Oliy Majlis Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov bilan uçraşuvda 1,8 mln özbekistonlik Rossiyada işlayotganini aytgandi.