“2022-2026 yillarda Özbekistonning innovatsion rivojlaniş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2022-2026 yillarda Özbekistonning innovatsion rivojlaniş strategiyasi tasdiqlandi. Kiçik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oşiriş orqali hududlar ijtimoiy-iqtisodiy jadal ösişini ta’minlaş strategiya asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi.
Strategiyani amalga oşirişning maqsadli körsatkiçlari hamda hududlar kesimidagi maqsadli körsatkiçlar tasdiqlandi. Maqsadli körsatkiçlar doirasida:
- innovatsion faoliyat sub’yektlari soni 613 tadan 2 250 tagaça yetkaziladi;
- innovatsion infratuzilma sub’yektlari soni 3 baravarga oşiriladi;
- innovatsion tadbirkorlik natijasida yaratiladigan yangi iş örinlari soni 4 baravarga oşiriladi.
2022 yil 1 avgustdan innovatsion mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etişda “tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim taşkilot” zanjiri yaxlit tizimi joriy etiladi.
2022 yil 1 avgustdan “tubdan yangilovçi” innovatsiyalar yaratişni rağbatlantirişning quyidagi tizimi joriy etiladi:
mahalliy ilmiy taşkilotlar va korxonalarga innovatsion tovarlar böyiça davlat organlari bilan şartnomalarni töğridan-töğri imzolaş huquqi beriladi;
ustav fondida 50 va undan köp foiz davlat uluşi bor xöjalik jamiyatlarida foyda soliğini tölagungaça uning 10 foizgaça ajratmalaridan Innovatsion faoliyatni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi taşkil etiladi. Bunda:
- mablağlar “tubdan yangilovçi” innovatsiyalarni yaratişga va joriy qilişga yönaltiriladi;
- jamğarma mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar portfeli Innovatsion rivojlaniş vazirligi bilan kelişiladi.












