Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş jarayoni doirasida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan birgalikda donor davlatlar va tegişli xalqaro taşkilotlar bilan özaro hamkorlikni muvofiqlaştirişga qaratilgan uçraşuv ötkazdi.
Tadbirdan maqsad respublikaning JSTga a’zo böliş jarayonida texnik yordam loyihalarini amalga oşirişning hozirgi holatini muhokama qiliş hamda bajarilayotgan işlar samaradorligini yanada oşirişdan iborat.
Özbek tomoni iştirokçilarga Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişi hozirgi holati va istiqbollarini, JST işçi guruhining 2022 yil iyun oyida muvaffaqiyatli ötkazilgan 5-yiğilişi asosiy natijalarini taqdim etdi. JST kotibiyati bilan tegişli hujjatlarni tayyorlaş va muzokaralar jarayonini ilgari suriş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida batafsil ma’lumot berildi.
BMT Taraqqiyot dasturining Özbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovskaga köra, mamlakat intilişlari barqaror rivojlaniş maqsadlarini amalga oşirişni rağbatlantiradi hamda iqtisodiy ösiş va aholi farovonligini ta’minlaşga qaratilgan savdoni erkinlaştiriş islohotlarini çuqurlaştiradi.
Yevropa ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi hamkorlik bölimi rahbari Fransua Bejo uçraşuv özaro fikr almaşiş, Özbekistonga JSTga qöşilişda körsatilayotgan yordam samaradorligini yanada oşiriş böyiça takliflarni muhokama qiliş uçun imkoniyat bölganini ta’kidladi. Ekspert Yevropa ittifoqi bu jarayonda töliq qöllab-quvvatlaşga tayyorligini bildirdi.
JST kotibiyatining taşkilotga a’zo böliş departamenti direktori Maika Oşikava Özbekistonning JSTga qöşilişi böyiça işçi guruhi 5-yiğilişiga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonida Özbekiston tomoni olib borgan faol va tizimli sa’y-harakatlari, yaqin kelajakda respublikaning taşkilotga qöşiliş jarayonini yanada jadallaştiriş vazifalari haqida sözlab berdi.
Tadbirning asosiy qismida xalqaro taşkilotlar va donor mamlakatlar, BMTTD, XSM, KXISI, GIZ vakillari sözga çiqib, texnik yordam loyihalarini amalga oşiriş doirasida şu kungaça bajarilgan işlar va navbatdagi tadbirlar haqida ma’lumot berdi. Ekspertlar Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga qöşilişi böyiça işçi guruhi 5-yiğilişi samaradorligini yuqori baholadi.
Tadbir yakunida Özbekiston rivojlanişi ustuvor yönalişlari va vazifalarini hisobga olgan holda, respublika JSTga a’zo bölişini qöllab-quvvatlaş borasida donorlar urğu beradigan texnik yordam tadbirlarini samarali muvofiqlaştirişga kelişildi.

















