Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat dumasi «shoshilinch masalalar» bo‘yicha navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi
15 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi parlamentining yig‘ilishini o‘tkazish zarurati «tezkor yechimlarni talab qiladigan muammolar to‘planganligi» bilan bog‘liq. Davlat dumasining bahorgi sessiyasi besh kun oldin yopilgandi.
Rossiya davlat dumasi 15 iyul kuni navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazadi. Tegishli qaror parlament quyi palatasi kengashining 11 iyul, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan rejadan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.
«Navbatdan tashqari yalpi majlis o‘tkazish zarurati shoshilinch yechim talab qiladigan masalalar yig‘ilib qolgani bilan bog‘liq. Jumladan, hukumat tashabbuslari ham ko‘rib chiqiladi», - deyiladi palataning Telegram-kanalida davlat dumasi kengashini chaqirish haqidagi bayonotda. Qaysi hujjatlar shoshilinch ko‘rib chiqilishi kerakligi aytilmagan.
Keyinroq davlat dumasidagi «Yedinaya Rossiya» fraksiyasi rahbari Vladimir Vasilev yig‘ilishda «60 ta masala» muhokama qilinishi rejalashtirilganini aytdi. «Hozir sodir bo‘layotgan jarayonlarga huquqiy asos olish zarur», — deya fraksiyaning Telegram-kanalida uning so‘zlari keltirilgan. Kommunistik partiya fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Nikolay Kolomeytsevning «Interfaks»ga ma’lum qilishicha, yig‘ilishda hukumatning tezlashtirilgan tartibda va birdaniga uchta o‘qishda qabul qilinishi mumkin bo‘lgan tashabbuslari ko‘rib chiqiladi, ayrim qonun loyihalari esa dumaga hali ham kiritilmagan.
«Kommersant»ning davlat dumasidagi manbasiga ko‘ra, navbatdan tashqari yig‘ilish Ukrainadagi urush bilan bog‘liq emas. Ilgari kiritilgan hukumat tashabbuslarini qabul qilish va ayrim kadrlar masalalarini hal qilish kerak, deya qo‘shimcha qildi u.
Parlamentning yuqori palatasi - federatsiyalar kengashi ham, agar kerak bo‘lsa, istalgan formatda yig‘ilish o‘tkazishga tayyor, dedi yuqori palataning reglament qo‘mitasi raisi Vyacheslav Timchenko davlat agentliklariga. Uning ta’kidlashicha, federatsiyalar kengashida davlat dumasining navbatdan tashqari yig‘ilishi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Davlat dumasining bahorgi sessiyasi 6 iyul kuni yakunlandi. Shundan so‘ng deputatlar avgust oyiga qadar joylarda saylovchilar bilan ishlashlari kerak edi. Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin yanvar oyidan buyon deputatlar 361 ta qonun qabul qilgani, ulardan 35,2 foizi ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, quyi palatada 1203 ta tashabbus ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
10:02
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026