Konstitutsiyaviy komissiya a’zosi, yuridik fanlar doktori, professor Mirzayusuf Rustamboyevning fikriça, amaldagi Jinoyat protsessual kodeksida mavjud normani mamlakat boş qonuni darajasida mustahkamlab qöyilişi orqali bundan buyon fuqarolarning gumonlanuvçi sifatida yoki boşqaça sabab bilan huquq-tartibot organlariga çaqirilgaç, yöqolib qolişi yoxud ularning qayerda uşlab turilgani haqida yaqinlariga xabar berilmaslik kabi noxuş an’analarga çek qöyadi.

– Bir neça yil oldin Andijon viloyatida IIBga çaqirilgan 20 yoşli yigit uyiga qaytib kelmagan, yaqinlari uni qidirib qaysi idoraga borişmasin, u bizda emas, degan javobni olişgandi. Xuddi şunday holatlar uyidan uşlab ketilgan jurnalistlar bilan ham kuzatilgan. Agar taklif etilayotgan norma Konstitutsiyaga kiritiladigan bölsa, mana şunday boşboşdoqliklarga çek qöyiladimi?

– Albatta. Bu «Xabeas korpus» qoidalari deyiladi. Töğri ta’kidladingiz, amaldagi qonunçiligimizda ham bor bu qoidalar. Lekin ayrim holatlarda huquqni muhofaza qiluvçi organlarning mas’uliyatsiz xodimlari öz mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, qonunçiligimizda belgilangan qoidalarga amal qilişmaydi. Amaliyotda şunday holatlar ham yöq emas, afsuski.

Mirzayusuf Rustamboyev, Özbekistonda xizmat körsatgan yurist, yu.f.d., professor

Mana şunday noxuş holatlarga çek qöyiş uçun mana şu taklif ilgari surilyapti, uşbu qoida konstitutsion norma darajasiga kötarilyapti. Unga köra fuqaroni uşlab turişga, qamoqqa olişga va qamoqda saqlaşga yoki ozodlikni boşqaça tarzda çeklaşga faqat sudning qaroriga köra yöl qöyiladi. Şaxs sud qaror qabul qilmaguniça 48 soatdan köp muddat uşlab turilişi mumkin emas. Agar 48 soatning içida gumonlanuvçining aybini isbotlab berişolmasa yoki uşlab turiş yoki ozodlikni boşqaça tarzda çeklaş töğrisidagi qaror belgilangan muddatda sud tomonidan qabul qilinmasa, şaxs darhol qöyib yuborilişi kerak.

Bu taklifning yana bir ahamiyati – gumonlanuvçi fuqaroning haq-huquqlari advokat tomonidan himoya qilinişi ta’minlanadi. Agar gumonlanuvçi, ayblanuvçi yoki sudlanuvçi menga advokat kerak desa, davlat şu zahoti uni advokat bilan ta’minlaşi kerak. Agar mana şu özgarişlar mamlakat boş qonunida aks etsa, siz tilga olgan holatlarga heç kim qöl urmaydi.