Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksa orolni tark etgan va qöşni mamlakatda bölib turibdi. Bu haqda Şri-Lanka parlamenti spikeri Maxinda Yape Abeivardena ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, Rajapaksa Şri-Lankaga 13 iyul kuni qaytadi. Spiker prezidentning aynan qaysi mamlakatda ekaniga aniqlik kiritmadi.
Kolomboda 9 iyul kuni Şri-Lanka prezidenti Gotabaya Rajapaksadan öz lavozimini tark etişni talab qilgan bir guruh namoyişçilar uning qarorgohiga bostirib kirdi. Rajapaksa mamlakatni tark etgani xabar qilindi. Keyinroq u iste’foga çiqişini ma’lum qildi.
Mamlakatdagi norozilik namoyişlari fonida Şri-Lanka boş vaziri Ranil Vikremesingxe ham iste’foga çiqişini bildirdi.
Şri-Lanka iqtisodiy inqiroz holatida bölib turibdi. Hukumat oziq-ovqat, yonilği va dori-darmonlar kabi muhim import tovarlarni moliyalaştira olmayapti. Mamlakat taşqi qarzi 51 milliard dollarni taşkil etadi.












