Hakerlar Angela Merkelning mobil raqami orqali Kristin Lagardni kuzatishga uringan
Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi va Axborot xavfsizligi federal idorasi Germaniyada Yevropa markaziy banki rahbari va yuqori martabali siyosatchilarga qilingan hakerlik hujumlarini tergov qilmoqda.

Foto: Picture Alliance
Jinoyatchilar Germaniya sobiq kansleri Angela Merkelning haqiqiy mobil telefon raqamidan foydalanib, Yevropa markaziy banki (YeMB) rahbari Kristin Lagardning WhatsApp messenjeridagi akkauntiga buzib kirishga harakat qilgan. Bu haqda 12 iyul, seshanba kuni Germaniyaning Business Insider internet-nashri hukumat doiralaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Keyinroq Germaniyaning n-tv telekanali YeMB rahbari matbuot kotibiga tayanib, Lagardga kiberhujum haqida ma’lumotni tasdiqladi.
Business Insider nashrining yozishicha, yuqori martabali nemis siyosatchilarining o‘g‘irlangan shaxsiy ma’lumotlaridan foydalangan holda bir qator siyosiy va iqtisodiy arboblarni kuzatgan hakerlarning yagona maqsadi Lagard bo‘lmagan.
Business Insider ma’lumotlariga ko‘ra, Angela Merkel bilan shaxsiy do‘stligi bor Kristin Lagard Germaniyaning sobiq kansleri raqamidan go‘yoki WhatsApp orqali muloqotni davom ettirish taklifi bilan SMS-xabar olgan. Aldov YeMB rahbari Merkelni haqiqatan ham xabar muallifi yoki yo‘qligini aniqlashtirish uchun unga qo‘ng‘iroq qilganida ma’lum bo‘ldi. Qayd etilishicha, hakerlarning maqsadi messenjerdagi Lagard akkauntiga kirish imkoniga ega bo‘lgan identifikatsiya kodi bo‘lgan.
Jinoyatchilar Germaniya hukumati sobiq rahbarining raqamini qanday bilishganligi hozircha aniq emas. Politsiya bu borada tergov boshladi, unda Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi (BfV) va Axborot xavfsizligi federal idorasi (BSI) ishtirok etmoqda.
N-tv xabariga ko‘ra, har ikki idora bundestag deputatlariga qo‘shma ogohlantirish yuborgan, unda hakerlarning usullari tasvirlangan, biroq ism-shariflar ko‘rsatilmagan.
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gurjiston sobiq bosh vaziri va hukmron partiya raisi Irakliy Garibashvili siyosatdan ketishini e’lon qildi
Jahon | 16:50
-
Balashixada portlash oqibatida bosh shtab generali halok bo‘ldi
Jahon | 15:26
-
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
O‘zbekiston | 14:36
-
Sallasini desa, kallasini olib keladigan ijrochilarimiz bor
O‘zbekiston | 13:59
Mavzuga oid

13:00 / 08.02.2025
Shols davrida Germaniya Merkel davridagidan 65 foizga ko‘proq qurol sotdi

14:39 / 06.12.2024
Angela Merkelning kitobi startdayoq bessellerga aylandi

12:21 / 29.11.2024
Putin o‘z labradori uchun Merkeldan uzr so‘radi

10:55 / 27.11.2024