Rossiya Tergov qömitasi (RF TQ) muxolifatçi siyosatçi Ilya Yaşinni Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari töğrisida ataylab yolğon ma’lumot tarqatişda aybladi (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 207.3-moddasi). Bu haqda 13 iyul, çorşanba kuni «Interfaks»ga muxolifatçining advokati Vadim Proxorov ma’lum qildi. Xuddi şu kuni Moskvaning Basmanniy sudi Yaşinga nisbatan ehtiyot çorasini tanlaşi kutilmoqda. 

Kuni keça Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi Ilya Yaşinga nisbatan jinoiy iş qözğatgani ma’lum böldi. 7 aprel kuni Yaşinning rossiyalik harbiy xizmatçilar tomonidan Ukrainaning Buça şahrida tinç aholiga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar haqida hikoya qilingan YouTube-kanalidagi körsatuv jinoiy işga sabab böldi. Politsiya xodimiga böysunmaganlikda ayblanib, 12 iyul kuni ma’muriy qamoqqa olingan siyosatçining Moskvadagi xonadonida tintuv ötkazildi. 

Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga 207.3-modda «Rossiya Federatsiyasi qurolli kuçlari, Rossiya Federatsiyasining davlat organlari tomonidan vakolatlarini amalga oşiriş töğrisida qasddan yolğon ma’lumotni ommaviy ravişda tarqatiş» Ukrainaga hujum boşlanganidan bir oy ötib, 25 mart kuni kiritilgan. Buning uçun jazo «5 yilgaça muayyan lavozimlarni egallaş yoki muayyan faoliyat bilan şuğullaniş huquqidan mahrum qiliş, 10 yildan 15 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qiliş»ni nazarda tutadi.