Pentagon IŞID terrorçilik taşkiloti yetakçilaridan biri Maher al-Agal yöq qilinganini rasman e’lon qildi. IŞIDning yana bir yetakçisi oğir yaralangan, uning şaxsi hali aniqlanmadi. AQŞ Suriya şimoli-ğarbidagi Jindaris şahri yaqinida uçuvçisiz uçoqlardan zarba bergan. Bayonotga köra, tinç aholi orasida qurbonlar yöq.
Al-Agal IŞIDning yana bir yetakçisi Abu Ibrohim al-Hoşimiy al-Qurayşiyning ölimidan bir neça oy ötib öldirildi, u AQŞ maxsus kuçlari reydi paytida özini portlatib yuborgan.
IŞID 2014-2017 yillarda Suriya hududining salmoqli qismini nazorat qilgan. Hozir esa IŞID jangarilari Turkiya çegarasiga quvib çiqarildi va partizanlar uruşi taktikasiga ötdi. AQŞ qurolli kuçlari qömondonligi IŞID yetakçilarining yöq qilinişi taşkilotning terrorçilik faoliyatini falaj ahvolga keltirib qöyişini taxmin qilmoqda.
Hozirda Suriyada 900 ga yaqin amerikalik harbiy xizmatçi bor. Bayden ma’muriyati kontingentning Suriyada yana qança bölişi borasida hali aniq muddatni belgilamadi.












