Jahon | 14:28 / 13.07.2022
19706
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya kompaniyalari ijaraga olingan 400 dan ortiq samolyotni qaytarishdan bosh tortmoqda

Lizing beruvchilar Rossiya aviakompaniyalari ijaraga olgan transportlarni qaytarib bera olmaydi, deb hisoblamoqda. Cirium holdingiga ko‘ra, sug‘urta da’volari miqdori allaqachon 10 milliard dollarga yetgan.

Foto: Picture Alliance

Rossiya aviakompaniyalari xorijda ijaraga olingan 400 dan ortiq yo‘lovchi samolyotlarini haligacha qaytargani yo‘q. 13 iyul, chorshanba kuni Amerikaning The Washington Post gazetasi xabar berishicha, Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilgan vaqtda ijaraga olingan 515 ta laynerdan egalari atigi 80 tasini qaytarib olishga muvaffaq bo‘lgan. 

Gazetaning yozishicha, aksariyat lizing beruvchilar endi o‘z samolyotlari, shuningdek, Rossiya aviakompaniyalariga ijaraga berilgan samolyot dvigatellari qaytarib berilmaydi, deb hisoblamoqda. Rossiya aviatashuvchilari tomonidan laynerlar qaytarilmagani uchun sug‘urta kompaniyalariga taqdim etilgan da’volar miqdori allaqachon 10 milliard dollarga yetdi, deya xabar beradi sayyohlik sanoati uchun global tahliliy ma’lumot provayderi bo‘lgan Cirium holdingi. 

Ukrainada urush boshlanganidan keyin Rossiya aviatsiya sektoriga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyalar joriy etildi. Yevropa, shuningdek, AQSh va bir qator boshqa mamlakatlar havo kengliklari yopilganidan tashqari, Rossiya kompaniyalariga samolyotlar va ehtiyot qismlarni ijaraga berish va sotish taqiqlandi, Rossiya Federatsiyasi havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish. deyarli butunlay taqiqlangan. Rossiya yaqin kelajakda boshqa samolyotlarning parvoz muddatini uzaytirish uchun eski xorijiy samolyotlarni qismlarga ajratishga majbur bo‘lishini istisno qilmayapti.

Mavzuga oid