13 iyul, çorşanba kuni bölib ötgan Konservativ partiya yangi rahbari uçun saylovning birinçi bosqiçida Buyuk Britaniya sobiq moliya vaziri Rişi Sunak köpçilik ovozni qölga kiritdi. Torining 358 nafar vakilidan 88 nafari uni qöllab-quvvatladi.

Ovoz beriş natijalariga köra, ikkinçi örinda savdo siyosati böyiça kiçik vazir Penni Mordaunt 67 ovoz bilan joy oldi. Britaniya taşqi işlar vaziri Liz Trassni 50 nafar ovoz beruvçi torilar yetakçisi sifatida körişni istayapti. 

Ikki nomzod - Sunak öz ixtiyori bilan iste’foga çiqqanidan keyin Boris Jonson tomonidan bu lavozimga tayinlangan moliya vaziri Nadim Zaxavi va sobiq soğliqni saqlaş vaziri Jyeremi Xant birinçi turda kerakli minimal 30 ovozni töplay olmadi va poygadan çiqib ketdi. Ovoz berişning navbatdagi bosqiçi 14 iyulga belgilangan. 

Ovoz berişning yakuniy bosqiçi qatnaşadigan ikki iştirokçi kelasi hafta oxirigaça aniqlanişi kutilmoqda. Şunda, Konservativ partiyaning 160 mingga yaqin a’zosi ulardan qaysi biri torining yangi rahbari bölişini va Buyuk Britaniya boş vaziri lavozimini egallaşini aniqlaydi. Ovoz beriş natijalari 5 sentabrda e’lon qilinadi. 

YouGov instituti tomonidan Konservativ partiyaning 900 ga yaqin a’zosi örtasida ötkazilgan sörov natijalariga köra, Penni Mordaunt hozirça ğalaba qozoniş uçun eng yuqori imkoniyatga ega. 

7 iyul kuni Boris Jonson Konservativ partiyaning parlament taşkilotçisi sobiq örinbosari Kris Pinçer atrofida yuzaga kelgan mojaro fonida Buyuk Britaniya hukumati rahbari lavozimidan ketişini e’lon qildi. Bir neça kun oldin u Londonning «Karlton» elit klubida muştlaşgan edi. Şu bilan birga, Pinçer mast holda ikki erkakni haqorat qilgan. Keyinçalik siyosatçi qilmişidan puşaymon bölib, iste’foga çiqdi. 

5 iyul kuni Buyuk Britaniyaning öşa paytdagi moliya vaziri Rişi Sunak, soğliqni saqlaş vaziri Sajid Jovid va Konservativ partiyaning bir qator boşqa a’zolari axloqiy asosda iste’foga çiqişlarini e’lon qildi. Ularning köpçiligi bir vaqtning özida mamlakat boş vaziri Boris Jonsonga işonçini yöqotganliklarini aytişdi.