Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada davlat mudofaa buyurtmasi bo‘yicha ishlovchi banklarga maxfiylik maqomi beriladi
Davlat dumasi harbiy sanoatga homiylik qilayotgan Rossiya banklari haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqchi. Tegishli qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar ularni Ukrainadagi urush bilan bog‘liq ehtimoliy sanksiyalardan himoya qilishga mo‘ljallangan.
13 iyul, chorshanba kuni davlat dumasiga davlat mudofaa buyurtmalari bo‘yicha shartnomalar bilan ishlovchi banklar ro‘yxatini e’lon qilishni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Vakolatli banklar mudofaa korxonalariga kreditlar beradi. Keyinchalik, ularga Rossiya hukumati tomonidan kompensatsiya to‘lanadi.
2017 yil dekabr oyida davlat dumasi «Davlat mudofaa buyurtmasi to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirishlar kiritdi. Ular Rossiya Bankiga vakolatli banklarning oylik ro‘yxatini rasmiy veb-saytida e’lon qilmaslikka ruxsat beradi. Biroq bunday banklar ro‘yxatini e’lon qilish to‘g‘risidagi qoida o‘z kuchida qolgandi. Endi uni bekor qilish taklif qilinmoqda.
Shu tariqa, deputatlar banklarni Ukrainadagi urush munosabati bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi sanksiyalardan himoya qilmoqchi. Avvalroq, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan Markaziy bank ro‘yxatidagi 6 ta bank SWIFT tizimidan uzilgan edi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026