Qonun loyihasi bilan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqishga doir normalarni Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘tkazish hamda mazkur toifadagi ishlarning jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlarida ko‘rib chiqilishini belgilash nazarda tutilmoqda.

Bildirilishicha, taklif etilayotgan normalar muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar va ortiqcha ovoragarchiliklar oldini olishga xizmat qiladi.

Majlisda mazkur hujjat deputatlar tomonidan qabul qilindi.