Ukrainadagi uruş va energiya taşuvçilarga yuqori narxlar fonida Yevrokomissiya yevrozonada rekord darajadagi yuqori inflatsiyani kutmoqda - yiliga örtaça 7,6 foiz. Bu haqda YeI komissiyasining 14 iyul, payşanba kuni çop etilgan yozgi prognozida aytiladi. Bahorgi prognozda, may oyida inflatsiya darajasi 6,1 foizni taşkil etgandi.
Umuman Yevropa ittifoqida ekspertlar narxlarning avvalgi 6,8 foiz örniga 8,3 foizga oşişini taxmin qilmoqda. Şu bilan birga, 2023 yilda inflatsiya, Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, deyarli ikki baravar kamayişi kerak: yevrohududda örtaça 4 foizgaça va butun Yevropa ittifoqida 4,6 foizgaça.
Iqtisodiy ösiş böyiça, Yevrokomissiya 2022 yilda Yevropa ittifoqi iqtisodiyoti 2,7 foizga ösişini taxmin qilişda davom etmoqda. Yevrohudud 2,6 foizga ösişi kutilmoqda, bu may oyidagi prognozdagi mos körsatkiçdan biroz kamroq (2,7 foiz).
Biroq, 2023 yil uçun Yevropa ittifoqi komissiyasi öz prognozlarini pastga qarab qayta körib çiqdi. Yevropa ittifoqida umumiy ösiş 1,5 foiz, yevrohududda esa 1,4 foiz bölişi kutilmoqda. May oyida iqtisodçilar Yevropa ittifoqida ham, yevro hududida ham 2,3 foizni kutişgan. Prognoz qilingan qiymatlarning sezilarli darajada pasayişi sabablaridan biri energiya bozorlaridagi vaziyat bölib qolmoqda.












