Qoraqalpoğiston poytaxtining markaziy köçalari çorrahalarida turgan qurollangan harbiylar favqulodda holat rejimini saqlaşga kömaklaşmoqda. Strategik binolar ham kuç tuzilmalari tomonidan qöriqlanyapti. Mamlakatda hali internet işlamayapti.

«Hozir tinçlik, şunga xursandman. Uruş emas, tinçlik bölgani yaxşi-ku. Boşqa nima ham deyman», – deydi Nukus markaziy bozori oldida biz uçratgan yoşi katta yölovçi.

Biz mikrofon tutgan köpçilik aholi negadir savollarga javob bergisi kelmadi. Ularning közida qandaydir hadik yoki işonçsizlik bor edi. Bundan taşqari, bir neça kun avval bölib ötgan voqealarning dahşati, tabiiyki, insonlarga yomon ruhiy ta’sir qilgan.

Bozorda biz bilan gaplaşgan savdogarlar hayot bir maromga tuşgani, mijozlar yana köpayib qolganini aytdi.

Kunning ikkinçi yarmida, kun salqinlagaç, Nukus markaziy maydoniga bordik. Bu yerda ham odam kamroq. Mahalliy aholining aytişiça, köpçilik soat 8 bölmasdan uyga qarab şoşadi. Çunki 21:00 da boşlanadigan* komendantlik soatiga qadar uyga yetib oliş uçun taksiçilar, bozorçilar ham ertaroq harakat qilib, işini tugatişga majbur bölişadi.

«Şaxsiy fikrimni aytsam, bizga [Konstitutsiyaning Qoraqalpoğistonga oid] moddalari özgarmasa böldi. Xalq şunda rozi böladi. Prezidentimiz kelib, bu moddalar özgarmasligini aytib ketdi.

Komendatura bölsa, nima ham qilamiz. Şartga böysunamiz, prezidentimizning aytganini qilamiz”, – deydi xiyobondagi yölovçilardan biri.

«Bu yerda yaşaydigan millatlar şunça vaqt bir tan bölib yaşab kelgan. Bilmadim, köz tegdimi, şunday işlar bölib qoldi. Hammamizni yuragimizga qattiq ta’sir qildi.

Komendaturaning ta’siri faqat şu tungi vaqtda yurolmaslik orqali sezilyapti. Qolgan payti hammasi öz örnida davom etyapti. Faqat blok-postlardagi tekşiruv vaqtining çözilişi va issiq ta’sirida köpçilik asabiylaşişi mumkin”, – deydi Qoraqalpoğiston nuroniylari yetakçisi Tursunboy Abdujabborov.