Yilning birinçi yarmida Özbekistonga jismoniy şaxslar nomiga kelib tuşgan xalqaro transçegaraviy pul ötkazmalari 6,5 mlrd dollarni taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

6,5 mlrd dollar – ötgan yilning mos davridagi körsatkiç (3,2)dan 96 foizga köproq.

Ma’lum qilinişiça, joriy yil yanvar-iyun oylarida tijorat banklari jismoniy şaxslardan jami 5,66 mlrd dollar ekvivalentida xorijiy valuta sotib olgan. Bu – ötgan yilning mos davri (2,33 mlrd) bilan taqqoslaganda 70 foizga köp.

Tijorat banklari orqali jismoniy şaxslarga sotilgan xorijiy valuta miqdori esa 3,72 mlrd dollarga teng böldi, bu – bir yil oldingidan (1,71 mlrd) 85 foizga köp.

Iqtisodçi Otabek Bakirov bunday keskin ösişni “ğirt spekulyativ diversiya” deb atadi. Uning sözlariga köra, Özbekiston böylab kuzatilayotgan naqd valuta va naqd söm yetişmovçiligining sababi şu yerda.

“Dinamika va sur’atlardan ham bilsa böladiki, bu körsatkiçlar mehnat migrantlari va umuman taşqi transfertlar xarakteristikasi bilan boğliq emas. Statistikamiz ertaga bu körsatkiçlarni jami daromadlarda hisobga qöşsa, xatolik böladi. Özbekistonlik migrantlar soni 3 barobarga oşgani yöq, özbekistonlik migrantlarning daromadlari yil davomida 3 baravariga köpayib qolgani yöq.

Yuzaga kelgan vaziyat pul ötkazmalarini ğirt spekulyativ va diversiya maqsadlarida işlatişga imkoniyat bermoqda. Afsuski, bunga heç qanday qarşilik körsatilayotgani yöq, tösiq qöyilayotgani yöq. Naqd valuta yetişmovçiligi ham, naqd söm yetişmovçiligi ham bu oqibatlardir.

Yuborilgan pul ötkazmalarining yarmidan köpini tijorat banklari sotib olişga (xususan madad pullari hisobiga) majbur bölişmoqda va bu bilan muomaladagi pul massasini iqtisodiy mohiyatdan taşqarida kengaytirişga hissa qöşişmoqda”, – deya yozdi Bakirov.

Uning hisoblaşiça, iyun oyida 2,34 mlrd dollarlik pul ötkazmalari qayd etilgan, bu esa ötgan yilning iyuniga nisbatan 3,25 barobarga köp.

Eslatib ötamiz, Rossiyada rubl kursini qöllaş uçun banklardan valuta xarid qilişga jiddiy çeklovlar örnatilgan. Bu çeklovlar natijasida Rossiya rezidentlarida valutani Markaziy Osiyo davlatlaridan sotib olişga rağbat ortgan.

Markaziy Osiyoning ayrim respublikalari Markaziy banklari tomonidan qöllanilgan javob çoralari sababli mazkur mamlakatlarning Rossiyadagi mehnat migrantlari ham Özbekiston banklarining xizmatlaridan foydalanişi holatlari ortmoqda.