Ukraina hukumati kreditorlarni uruş jinoyatlarida ayblab, AQŞ va Yevropa banklarini Rossiya nefti bilan savdo qiluvçi kompaniyalar bilan aloqalarni uzişga çaqirdi. Bu haqda 15 iyul, juma kuni Financial Times naşri xabar berdi.
Naşrning yozişiça, prezident Volodimir Zelenskiyning iqtisodiy maslahatçisi Oleg Ustenko şu hafta Amerikaning JPMorgan Chase banki rahbari Jyeymi Daymon va Britaniyaning HSBC Holdings boş direktori Noel Kuinga xat yozib, Rossiya bilan aloqador kompaniyalarni moliyalaştirişni töxtatişni söragan. U ularni Rossiya davlat energetika konsernlari - «Gazprom» va «Rosneft»dagi uluşlarini sotişga çaqirdi.
AQŞning Citigroup va Fransiyaning Crédit Agricole kompaniyalariga ham kelib tuşgan maktublarda Ustenko banklarni Rossiya neftini yetkazib beruvçi kompaniyalarga kreditlar berib, Ukrainadagi uruşni «uzaytirişda» ayblagan va taşkilotlarning Ukrainani qayta qurişda iştirok etişiga ruxsat berilmasligi haqida ogohlantirgan.
Zelenskiyning maslahatçisi FT’ga bergan intervyusida Adliya vazirligi uruş tugagandan söng banklarga qarşi Xalqaro jinoiy sudga (XJS) da’vo arizasi bilan çiqiş niyatida ekanligini aytdi. Unga köra, Ukraina xavfsizlik xizmatlari Rossiya neft va gaz sanoatini moliya institutlari tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani haqida ma’lumot yiğmoqda.
«Mening fikrimça, ular (banklar) uruş jinoyatlarini sodir etişmoqda, çunki ular bu yöl bilan Putin rejimiga yordam beryapti va bu rejimni qöllab-quvvatlayapti», - dedi Ustenko. Unga köra, Rossiyaning neft va gaz daromadlari qurol-yaroğ sotib olişga sarflanib, Ukrainaga qarşi uruşda foydalanilmoqda. Ukrainaga qarşi. FT ta’kidlaşiça, XJS hukumatlar yoki korporatsiyalarga nisbatan suriştiruv ötkaza olmaydi, lekin u yerda işlaydigan jismoniy şaxslarni sudga tortişi mumkin.
JPMorgan gazeta söroviga javoban, ğarb sanksiyalarini qöllaşda faol rol öynaganini bildirdi. Citigroup va Credit Agricole Rossiyada faoliyatni qisqartiriş haqidagi bayonotlarini takrorladi, HSBC izoh berişdan boş tortdi.













