«Rossiya Ukrainaga qarşi şafqatsiz uruşni davom ettirmoqda va şu bois bugun Kremlga qarşi yangi sanksiyalar kiritiş, amaldagilarining bajarilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş va ularni 2023 yil yanvargaça uzaytirişni taklif qilamiz. Tajovuzkorlik Moskvaga qimmatga tuşişi şart», dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen.
YeI mamlakatlari elçilari «oltin paket »ni tasdiqlaş uçun yanagi hafta – yozgi ta’tillar oldidan oxirgi iş haftasida yiğiladi.
Yangi paket avvalgilariga nisbatan kamtarroq. Reuters agentligining Yevrokomissiyadagi manbalaridan biri uni hatto yettinçi emas, «olti yariminçi» paket deb atadi.
Vengriyaning qaysarligi sababli avvalgi «neft paketi» böyiça darhol kelişiş imkoni bölmagandi. Natijada neft embargosi qisman böldi va bir neça oylarga ortga surildi.
Vengriya tinçlanmadi – juma kuni uşbu mamlakat boş vaziri Viktor Orban mahalliy radioda sanksiyalardan şikoyat qildi.
«Sanksiyalar Ukrainaga yordam bermayapti, Yevropa iqtisodiyotiga zarar keltiryapti va agar şunday davom etadigan bölsa, sanksiyalar uni ado qiladi. Bunga toqat qilib bölmaydi», deya Orbandan iqtibos keltiradi Reuters.
Energetika masalalari böyiça yevrokomissar Maroş Şefçoviç esa YeI çiday olişiga işonmoqda.
«Men ittifoqqa a’zo mamlakatlarning bunday birdamligini heç qaçon körmaganman. Mayli, bizga qiyin bölsin, ammo biz töxtab qolmaymiz, çunki hozir öz erki uçun kuraşayotgan ukrainlarga qiyinroq», dedi u.
Keskinlaştiriş va yumşatişlar
Sanksiyalarning yettinçi paketida oltin importiga taqiq bilan birga, YeI ukrainlarni öldiriş, yöq qiliş va ularning mamlakatini egallab olişda Vladimir Putinning şeriklari deb hisoblaydigan şaxslar röyxati kengaytiriladi.

Bundan taşqari, YeI Rossiyaga qurilmalar va neft-kimyo mahsulotlari yetkazib beriş böyiça taqiqlarni kuçaytiradi, Rossiya savdo flotiga qarşi sanksiyalarga oid istisnolarga esa aniqlik kiritiladi, deb xabar berdi Yevrokomissiya.












