15 iyuldan 16 iyulga ötar keçasi Armaniston armiyasi ikki mamlakat çegarasida joylaşgan Ozarboyjon qurolli kuçlari pozitsiyasini öqqa tutdi, deb ma’lum qildi Ozarboyjon mudofaa vazirligi.
Xabarga köra, Armaniston qurolli kuçlari bölinmalari çegaradoş Bosarkeçar rayonining Yuqori Şörça aholi maskanida joylaşgan Ozarboyjon armiyasi pozitsiyasini öqqa tutgan.
Qayd etilişiça, Ozarboyjon armiyasi bölinmalarining «javob çoralari natijasida duşman daf qilingan».
Armaniston Ozarboyjon tomonining bayonotini rad etib, uni «dezinformatsiya» tarqatişda aybladi. Yerevan, öz navbatida, Ozarboyjonni çegarada otişma sodir etişda aybladi.
Armaniston mudofaa vazirligining bildirişiça, «Ozarboyjon qurolli kuçlari bölinmalari Armaniston-Ozarboyjon çegarasida joylaşgan arman harbiylari pozitsiyalarini öqqa tutgan».
«Ozarboyjon bölinmalarining öt oçişi Armaniston tomonining javob çoralari natijasida bostirildi», deyiladi Armaniston mudofaa vazirligi xabarida.












