Huquqşunoslar Umida Haqnazar va Ilhom Azizov, iqtisodçi Yuliy Yusupov Özbekistonda agrar islohotlarni tahlil qiluvçi maqolani naşr qilişdi. Mutaxassislar materialda yer munosabatlari, yer uçastkalarini ajratişda şaffoflik va davlat buyurtmalarini oliş borasida göyoki yeçim topilmagan masalalarga işora qilişmoqda. Bunga javoban Innovatsion rivojlaniş vazirligining Hududlarni innovatsion rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Fazliddin Möminov qişloq xöjaligini isloh qilişda erişilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi.
Qişloq xöjaligi Özbekistonda asosiy iqtisodiy tarmoq hisoblanadi. U YaIMning qariyb 27 foizini egallaydi, mamlakatdagi jami aholining 30 foizdan ortiğini iş bilan ta’minlaydi, qaşşoqlikni kamaytirişga hissa qöşadi. Bugungi kunga qadar qişloq xöjaligida 20 million gektardan ortiq yer, jumladan, 3,2 million gektar suğoriladigan ekin maydonlarida aholi ehtiyojlari uçun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uçun zarur xomaşyo yetiştirilmoqda.
2017 yilda klaster tizimining paydo bölişi tufayli qişloq xöjaligi yanada rivojlana boşladi. Bu tizim endigina yölga qöyilmoqda, zanjirning ayrim böğinlarida muammolar mavjud, ammo uni yanada takomillaştiriş Özbekiston qişloq xöjaligining işlab çiqariş salohiyatidan samarali foydalaniş imkonini beradi.

2019 yilda Qişloq xöjaligini 2020-2030 yillarda rivojlantiriş strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur Strategiya 2030 yilgaça 1,0 million gektardan ortiq qişloq xöjaligi yerlarini özlaştiriş, 535,0 ming gektardan ortiq lalmi, yaylov va boşqa yerlardan samarali foydalanişni ta’minlaş; tarmoqda band bölgan har bir kişiga örtaça mehnat unumdorligining 1,7 barobar yoki yiliga 6,5 ming dollargaça ösişini ta’minlaş; qayta işlangan tayyor mahsulotlar hajmini 30 foizgaça oşiriş; mahsulot eksportini 20 milliard dollargaça oşirişni nazarda tutadi.
2017–2021 yillarda qişloq xöjaligi yalpi mahsuloti 6,8 foizga ösdi. Uşbu davrda işlab çiqarişning örtaça yillik ösiş sur’ati taxminan 1,7 foizni taşkil etdi. 2017-2021 yillarda qişloq xöjaligining har bir band kişiga töğri keladigan qöşilgan qiymati 7,0 foizga oşib, 2019 yildagi örtaça jahon körsatkiçidan 60 foizga oşdi.
2020-2021 yillarda kvotalar va narxlarni nazorat qilişning bekor qilinişi ekinlarni diversifikatsiya qiliş, boşqa ekinlar, meva va sabzavotlar yetiştirişga bosqiçma-bosqiç ötişga yordam bermoqda. Qişloq xöjaligi mahsulotlari eksporti respublika taşqi daromadining 10 foizdan ortiğini taşkil qilmoqda.












