17 iyul, yakşanba kuni Moskva oblastida qölga olingan «Pervyy kanal» sobiq jurnalisti va xodimi Marina Ovsyannikova Rossiya armiyasini «obrösizlantiriş» moddasi böyiça ma’muriy bayonnoma tuzilganidan keyin qöyib yuborildi. 18 iyulga ötar keçasi Telegram’dagi «Mojyem ob’yasnit» kanali video e’lon qildi, unda Ovsyannikova özining qölga olinişiga izoh berib, bu uning 13 iyul kuni muxolifatçi Ilya Yaşinni hibsga olgan Basmanniy sudi oldida bergan intervyusi bilan boğliqligini aytdi.

«Men Ukrainadagi uruş jinoyat, bu hokimiyatni öz qölida uşlab turişga qaratilgan ğazablangan uriniş ekanligini aytdim», dedi u. Ovsyannikova, şuningdek, iti bilan kottejlar yonida sayr qilayotganda qölga olinganini, keyin Moskva böylab taxminan uç soat olib yurilib, oxirida Krasnoselskiy tuman politsiya bölimiga olib borilganini ta’kidladi. 

Jurnalistning advokati Dmitriy Zaxvatov «OVD-Info» loyihasi va «Ostorojno, novosti» Telegram-kanaliga «RF qurolli kuçlarini obrösizlantiriş» moddasi böyiça ayblov Yaşinning hibsga olinişi yuz bergan kuni Basmanniy sudi oldidagi bayonotlar bilan boğliqligini tasdiqladi. Iş 21 iyul, payşanba kuni Meşçanskiy tuman sudi tomonidan körib çiqiladi, dedi u. 

Bir kun avval Ovsyannikova özining qölga olingani tasvirlangan suratlarini Telegram’da e’lon qilgan edi. Huquq himoyaçilari bir neça soat davomida u bilan boğlana olmadilar. Ikki kun avval, 15 iyul kuni Marina Ovsyannikova Kreml oldida uruşga qarşi piketga çiqdi va «Putin - qotil» deb yozilgan plakatni kötarib oldi. Sofiyskaya qirğoği böyida ötkazilgan tadbirda u qölga olinmagan.

Mart oyining örtalarida Ovsyannikova, «Pervyy kanal»da keçki yangiliklar muharriri bölib işlayotganda, «No war. Uruşni töxtating. Propagandaga işonmang. Bu yerda sizga yolğon gapirişyapti. Russians against war» plakati bilan töğridan töğri efirga çiqib ketgandi. Bundan oldin u videomurojaat yozib qoldirgan: «Hozir Ukrainada sodir bölayotgan voqealar jinoyatdir. Rossiya bosqinçi davlat va bu tajovuz uçun faqat bir kişi javobgar. Bu şaxs Vladimir Putindir». Natijada, Ovsyannikova miting ötkazişning belgilangan tartibini buzganlik haqidagi ma’muriy modda böyiça, aksiya oldidan yozib olingan video tufayli 30 ming rubl miqdorida jarimaga tortildi. 

Aprel oyi boşida Berlinda joylaşgan Axel Springer mediakonserni Ovsyannikova Germaniyaning Welt yangiliklar telekanaliga işga olinganini e’lon qildi. Uç oy ötgaç, şartnoma tugadi va u Rossiyaga qaytib keldi. 

Germaniyaning «Ozodlik uçun OAV mukofoti» («Freiheitspreis der Medien») laureati bölgan Ovsyannikovaga oxir-oqibat mukofotni topşirmaslikka qaror qilindi. May oyida u «Ijodiy norozilik uçun» Vatslav Gavel mukofotini oldi.